Jinlash jarayonining turlari
Valikli jinlash korxonasida paxta navining uzun tolalilari, ularning I, II, va III
navlariga ishlov beriladi, arrali jinlar ishlatiladigan korxonalarda esa, o'rta tolali
paxta navlarining hammasi va uzun tolali paxtaning IV, V naviga ishlov beriladi.
Bunday jarayonning quyidagicha tushuntirish mumkin: valikli jinlarda asosiy
ishchi qism bo'lib charmli valik hisoblanadi, uning esa yuzasi tukdor bo'lib uzun
tolali paxtaning tolasini chigitidan ajratib olishda salbiy ta'sir qilmaydi, aksincha
uzun bo'lgan bu tolalarni tabiiy holida saqlab qoladi, shuning uchun ish
unumdorligi ancha past bo'lsa ham bu jarayon muvaffaqiyatli qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |