2. Arrali jinlarda paxtani jinlash texnologiyasi
Chigitli paxta quritilib va tozalangandan so'ng paxta tozalash korxonasining
bosh binosiga kelib tushadi, u yerda esa tola chigitdan ajratib olinadi.
Jinlash jarayoni - bu chigitning yuzasidan tolani yulib olishdir, shuning
uchun bu jarayon asosiy jarayon deb hisoblanadi. Bu jarayonning mohiyati
Tolaning chigitdan ajralish kuchi yakka tolaning uzilish kuchidan
(pishiqligidan) 2-3 barobar (1,8-2,4 cH), (3,8-4,2 cH) kam bo'lgani uchun, u chigit
o'sgan (rivojlangan) joyidan uzunligini yo'qotmagan holda ajraladi.
Shuning uchun g'o'zaning uzun tolali va o'rta tolali paxta navlariga qarab bu
ko'rsatkich har xil bo'ladi, shunga qarab tolani chigitdan ajratish jarayoni ikki turga
bo'linadi, ya'ni arrali va valikli.
Do'stlaringiz bilan baham: |