3 .3-rasm.
Makkajo’xorining yagona hujayralari va ajratilgan protoplastlarini o’stirishda «enaga» sifatida suspenzion hujayralar kulturasini ishlatilishi:
1–hujayra koloniyalari;
2–filtr qo`oz;
3-alyumin elak;
4–penopoliuretan;
5–hujayra suspenziyasi
(Vu Do’k Kuang, Z.B. SHamina,1985).
Hujayrani bo’linishii muhitni kondisirlash ham tezlatadi, buning uchun unga (muhitga) tez bo’linadigan hujayra kulturasini ozuqa muhiti qo’shiladi. Kondisiya qiluvchi faktor hujayra suspenziyasini o’sishni eksponensial fazasida bakterial filtrdan o’tkazish davrida paydo bo’ladi (olinadi). Mohiyati bo’yicha yuqorida zikr etilgan barcha usullar ham bo’linadigan hujayralardan chiqadigan kondisiya qiluvchi faktordan foydalanishga asoslangan.
Hozircha bu faktorni ta’sir mexanizmi va uni kimyoviy tabiati aniq emas. Ammo, bu faktor issiqqa chidamli, suvda eruvchan, past molekulali modda hamda fitogormonlar bilan almashib bo’lmasligini aytish mumkin. SHuningdek, bu modda taxminan 700 Dalton molekulyar og’irligiga ega bo’lgan rN 4-11 da mo’tadil modda ekanligi ham aniqlangan. SHunday qilib, bu modda toza kimyoviy modda bo’lmasdan, hujayradan ajraladigan faktorlar yig’indisi bo’lsa ham ajab emas.
7. KALLUSLI TO’QIMALARDA MORFOGENEZ
Hujayra rivojlanishini tabaqasizlangandan keyin o’tadigan bir necha yo’li ma’lum. Birinchi yo’l – bu butun o’simlikni qayta regenerasiyasi, balkim, hujayra, to’qima, organlar darajasida tabaqalanish. Ikkinchi yo’l hujayrani qayta tabaqalanish xususiyatini yo’qolishi va o’simlikni regenerasiyasi, mustahkam tabaqasizlanish, gormonsiz muhitda o’sish xususiyati, ya’ni shishga aylanish. Bunday xossalar eski (qari) ko’chat kulturalarga xos. Uchinchi yo’l – kallusli hujayrani normal rivojlanish sikli, uni qarib, nobud bo’lishi bilan tugaydi. Bu holatda hujayra ikkilamchi tabaqalanishga uchraydi va bo’linishdan to’xtaydi (o’sishni stasionar fazasi). Ammo bunday tabaqalanish morfogenezga olib kelmaydi va unda qarigan kallus hujayralari xossalarini mustahkamlaydi.
qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi uchun eng qiziqarlisi butun o’simlikni alohida hujayrasidan olingan to’qima kulturasini regenerasiyasi hisoblanadi. Ba’zida bu yo’l alohida organlar hosil bo’lish orqali o’tadi.
Kallusli to’qimalar kulturasida morfogenez deb hujayralarni tashkil bo’lmagan massasidan to’laqonli strukturalar hosil bo’lishiga aytiladi. Morfogenezni ikki asosiy yo’li ma’lum (3.4 -rasm).
To’qimalar kulturasini u organogenez sifatida (monopolyar tuzilishini hosil bo’lishi, ya’ni alohida organlarni) ko’rinish mumkin: ildiz, poya, kamroq feoral (gulli) yoki bargli hamda somatik embriogenez, ko’rinishida (somatik hujayralardan biftolyar zarodish kurtaksimon tuzilmalar holatida) ko’rinishi mumkin. Organogenezda dastlab alohida organlar regenerasiya bo’ladi, keyin esa ulardan butun o’simlik paydo bo’ladi. Ildiz organogenezi bundan mustasno. Somatik embriogenez natijasida organogenezdan farqli o’laroq, ildiz meristemsi hamda tepa qavat meristemalariga ega bo’lgan kurtak hosil bo’ladi va undan keyinroq butun o’simlik o’sib chiqadi.
Alohida olingan somatik hujayralarni o’z rivojlanish dasturini to’liq bajara olishi va butun o’simlik organizmi o’sib chiqishi uchun asos yaratib berish xususiyati, o’simlik hujayrasini totipotentligi deb ataladi. O’simlikni har qanday hujayrasi bir xil potensial imkoniyatlrga ega, chunki barcha kerakli genlar to’plamiga ega, demak, hujayra zigotaga xos bo’lgan rivojlanish dasturiga ega. SHuning uchun ham agar gul bargi hujayrasidan yoki poyani o’zaksimon parenxima yoki har qanday hujayra to’qimalardan kallus olinganda umuman hujayrani har qanday to’qimasidan butun o’simlik olish mumkin. Ammo, totipotentlik xossalari hamma vaqt ham namoyon bo’lavermaydi, chunki har xil tipdagi xujaylarni potensial imkoniyatlari bir xil namoyon bo’lavermaydi. Ulardan ba’zi birlarida genlar kuchli repressiya holatida bo’ladilar va shu sababli ham totipotentlikni namoyon bo’lishi chegaralangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |