“biotexnologiya asoslari”



Download 4,77 Mb.
bet42/120
Sana19.02.2022
Hajmi4,77 Mb.
#457979
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
Bog'liq
Документ (1)

Makrolidlar - bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradi, shular ichida eng muhimlari eritromisin, magnomisin, pleandomisin va boshqalar. Biologik ta’siri bo’yicha makrolidlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini to’xtatuvchi antibiotiklar va zamburug’larga qarshi faollikka ega, bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar. Birinchi guruhga Str.erythreus hosil qiladigan eritromisin, oleandomisin (Str.antibioticus sintezlaydigan), Str.halstedii kulturasidan ajratilgan magnomisin va boshqalar;
Ikkinchi guruhga: Str.filipensis sintezlaydigan filipin, Str.notalinsis dan olingan pimorisin va boshqalar. Antibiotiklar makrolidlar penisilinga, tetrasiklinga, streptomisinga chidamli bakteriyalarning o’sishini to’xtatadi.
Anzamisinlar - bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak o’simliklar sintezlaydi. Bu guruh antibiotiklar o’zining nomini molekulasining xarakterli tuzilishidan olgan. Guruhdagi birikmalar aromatik yadroga u bilan bog’langan makrosiklik alifatik bog’ga ega, uni anza-bog’ deb aytiladi (anda - lotinchada qalam degani). SHuni aytib o’tish kerakki, anzamisinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bog’iga ega emasligidir. Anzomisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va bir qancha eukariotlarga biologik ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum tabiiy anzomisinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovarisinlar (Str.spectobilis kulturasi hosil qiladi), rafomisinlar (Nocordia mediterranea, Micromonospora ning ayrim turlari hosil qiladi); galamisinlar, Micromonospora halaphytica da kuzatilgan, maytanzinoidlar Nocordia va ayrim o’simliklar sintezlaydi; naftomisin Str.collinus sintezlaydi; geldanomisin Str.hudroscopicus hayot faoliyatidagi maxsulot va boshqalar.
Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamisinlardir, bular juda katta guruhni tashkil qiladi (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar ichida rafamisin SV (riftosin); rifomisin va rifomid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng qo’llaniladi.
Rifampisin klinikada o’pka siliga qarshi qimmatli preparat sifatida qo’llaniladi. Bu antibiotik bakteriya DNK siga bog’liq bo’lgan RNK-polimerazani sintezini to’xtatadi.
Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklarga muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan novobiosinni albatta aytib o’tish lozim bo’ladi. Bu antibiotik Str.gpheroides kulturasidan olingan. U grammusbat va ayrim grammanfiy bakteriyalarni o’sishini to’xtatadi. Antibiotikni muhim xususiyati penisillinga, streptomisinga, eritromisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli bakteriyalarni o’ldiradi.
Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish