Ikkinchi yo’nalish
– ajaratib olingan hujayralarni, o’simliklar seleksiyasida ishlatish va shu
orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli (issiqqa, sovuqqa,
sho’rlanishga, og’ir metallarga, qurg’oqchilikka, kasallikka va x.k.) o’simliklar
yaratish. SHuning bilan birga bu yo’nalish, ajratilgan protoplastlarni qo’shilishi orqali
yangi o’simliklar yaratish hamda nojinsiy (somotik) gibridlar olishni ham o’z ichiga
oladi. Ajratib olingan protoplastlarga gen muxandisligi metodlari yordamida begona
genlarni kiritlishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo’lgan o’simlik
yaratishga ham olib keladi. Ajratib olingan changdon va urug’ kurtakni sun’iy ozuqa
muhitida o’stirish, gaploidlar, olish imkonini bersa, murtaklarni o’stirish –
o’saolmaydigan (endospermasi yomon rivojlangan) o’simliklardan gibrid
urug’laretishtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |