Birinchi yo’nalish
ajratib olingan o’simlik hujayrasini tibbyot, veterinariya, kosmetika va
boshqa sohalar uchun zarur bo’lgan ikkilamchi metabolitlar : alkoloidlar, steroidlar,
glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa biologik faol moddalar sintez qilish
imkoniyati bilan bog’liq. Ma’lumki, ikkilamchi metabolitlar qattiq (agarli) yoki suyuq
ozuqa muhitida o’stirilgan kallus to’qimalardan olinadi. Hujayra texnologiyasi asosida
diosgenin – dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon rasvolfi hujayrasidan; umumiy kuch
beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan; va x.k. ajratib olinadi va tibbiyot hamda
parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o’stiriladigan hujayralarni
hosildorligi, butun o’simlikni hosildorligidan ancha baland. Bunday usul bilan
ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik tomoni shundaki, muayyan
sharoitda o’simlikni o’zini o’stirish imkoniyati bo’lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq
iqlimli mintaqalarda), ularni hujayralarini butun yil maboyinida o’strish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |