Ikkilamchi emulgirlash
. Bu yo’l bilan immobilizasiya qilganda, avvalo fermentni suvdagi
eritmasini organik polimerdagi emulsiyasi tayyorlanadi. Tayyor emulsiyani yana bir bor suvda
dispersiya qilinadi. Natijada, fermentni suvdagi eritmasini saqlagan organik moddani (polimerni)
emulsiyasi hosil bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan organik eritma qotadi, va immobillashgan ferment
saqlovchi polimer zarrachalari hosil bo’ladi.
1972 yilda S.Mey va N.Li lar bu usulni modifikasiya qildilar va membrana hosil qiluvchi
materialar sifatida suvda erimaydigan polimer o’rniga katta molekulyar massaga ega bo’lgan suyuq
uglevodorodlardan foydalanishni tavsiya qildilar. Bu usul suyuq membranalarda immobilizasiya
qilish deb ataldi. Bundan tashqari tolaga kiritish, liposomaga kiritish, mikroemulsiya hosil qilish
kabi bir qator usullar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |