Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar). Biosfera yerning yupqa qobig’i bo’lishiga qaramasdan, unda organizmlar juda notekis tarqalgan. Atmosferaning yuqori, gidrosferaning va litosferaning chuqur qatlamalarida organizmlar juda kam. Ular asosan gidrosfera va atmosferaning yuza qatlamlarida, atmosferaning yer sirtiga yaqin quyi qatlamlarida ko’p uchraydi.
Biosferadagi tirik organizmlar umumiy biomassasi 2,43 x 1012 t ni tashkil etadi. Quruqlikda yashovchi organizmlar biomassasining 99,2 % ini yashil o’simliklar, 0,8 % ini hayvonlar va mikroorganizmlar tashkil etadi. Okeanda, aksincha o’simliklar umumiy biomassaning 6,3 %, ini hayvonlar va bioorganizmlar 93,7 % ini tashkil etadi. Hayot asosan quruqlikda tarqalgan. Okean biomassasi barcha tirik organizmlar umumiy biomassaning 0,13 % ini tashkil etadi.
O’simliklar biosferadagi turlar sonining 21% ini tashkil etadi. Lekin ular umumiy biomassaning 99% ini hosil qiladi. Hayvonlardan 96%, umurtqasizlar, 4% umurtqalilar hisoblanadi. Shunday qilib, evolyutsion rivojlanishining eng quyi tabaqasida turgan hayvonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Tirik organizmlar biomassa biosfera notirik moddasi massasining 0,01-0,02 % ini tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan tirik organizmlar yer yuzasidagi geokimyoviy jarayonlarda asosiy o’rin tutadi. Organizmlar moddalar va enyergiya almashinuvi uchun zarur bo’lgan moddalarni atrof muhitdan oladi. Juda katta miqtorda tirik matyeriya hosil bo’lib, oziq zanjirida qayta o’zgaradi, chirib parchalanadi. O’simlik va hayvonlarning hayot faoliyati tufayli yer biomassasining 10% har yili qayta hosil bo’ladi. Tirik organizmlar hosil qiladigan bir yillik mahsulot quruq organik moddalar hisobidan 232,5 mlrd tonnani tashkil etadi. Buning uchun ular organizimida kechadigan jarayonlar uchun 46 mlrd tonna karbon, 68x109 tonna suv, 6x109 tonna azot, 2x109 tonna fosfor, shuningdek kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt,temir va boshqa elementlar jalb qilinadi.
Biosferada modda va enyergiyaning aylanma harakatlari to‘xtovsiz amalga oshadi. Moddalarning aylanma harakati deganda kimyoviy elementlarning ko‘chib yurishi, yoki migratsiyasi tushuniladi. Kichik biologik va katta geologik aylanma harakatlar ajratiladi. Biologik aylanma harakatda qatnashadigan organizmlarning produtsent, konsument va redutsent ekologik guruhlari ajratiladi. Produtsentlar uglyerod, quyosh enyergiyasi va suv ishtirokida organik mahsulotlarni yaratadi, konsumentlar birlamchi mahsulotni iste’mol qiladi va redutsentlar organik moddalarni parchalaydi. Yashil o‘simliklar quyosh enyergiyasidan foydalanib, tirik moddalarning birlamchi mahsulotini hosil qiladi, SO2 ni o‘zlashtirib O2 ni ajratadi. Hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi, kislorodni o‘zlashtirib SO2 ni ajratadi. O‘lik hayvon va o‘simlik qoldiqlarini hasharotlar, zamburug‘lar, baktyeriyalar va boshqalar parchalaydi, mineral yoki noorganik birikmalarga aylantiradi. Ular tuproqqa tushib, yana o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Katta aylanma harakatda ushbu jarayon quruqlik va okean o‘rtasida amalga oshadi.
V.I.Vernadskiy aylanma harakatda ishtirok etadigan tirik moddaning quyidagi besh asosiy funksiyasini ajratadi:
gaz funksiyasi-atmosferadagi asosiy gazlar tirik organizmlar faoliyati natijasida vujudga kelgan va yangilanib turadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |