Biosferada organizmlar o’rtasida murakkab o’zaro aloqalar mavjud bo’lib, bir butun organik harakatidagi tizimni tashkil yetadi. Demak, biosfera murakkab harakatdagi tizim hisoblanadi. Biosferada moddalar almashinuvi natijasida energiyani qabul qilish, to’plash va o’tkazilishi kabi jarayonlar kechib turadi. - Biosferada organizmlar o’rtasida murakkab o’zaro aloqalar mavjud bo’lib, bir butun organik harakatidagi tizimni tashkil yetadi. Demak, biosfera murakkab harakatdagi tizim hisoblanadi. Biosferada moddalar almashinuvi natijasida energiyani qabul qilish, to’plash va o’tkazilishi kabi jarayonlar kechib turadi.
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan edi. Tirik moddaning eng muhim xususiyatlari 3 ta bo’ladi: - Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan edi. Tirik moddaning eng muhim xususiyatlari 3 ta bo’ladi:
- 1. Tirik moddaning umumiy vazni.
- 2. Tirik moddaning tarkibi.
- 3. Tirik moddaning energiyasi.
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik modda hisoblanadi. Uning hosil bo’lishida biosferadagi barcha moddalar yig’indisi, shuningdek tirik organizmlar qatnashadi. - Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik modda hisoblanadi. Uning hosil bo’lishida biosferadagi barcha moddalar yig’indisi, shuningdek tirik organizmlar qatnashadi.
- Biosferaning uchinchi tarkibiy qismi oraliq moddalar hisoblanadi. Ular tirik va o’lik moddalarning birgalikdagi faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Tuproq, yemirilgan tog’ jinslari va barcha tabiiy suvlar oraliq moddalarga misol bo’la oladi.
- Biosferaning 4 chi tarkibiy qismi biogen moddalar hisoblanadi. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchrab turadi. Nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, ohaktoshlar va boshqalar biogen moddalarga misol bo’la oladi.
Biosferani oddiy birlamchi tuzilmasining birligi biogeosenoz hisoblanadi. Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeosenoz deyiladi. Ushbu tushunchani birinchi marotaba V.L.Sukachev fanga kiritgan edi. - Biosferani oddiy birlamchi tuzilmasining birligi biogeosenoz hisoblanadi. Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeosenoz deyiladi. Ushbu tushunchani birinchi marotaba V.L.Sukachev fanga kiritgan edi.
- Agar bir necha tur o’simliklar birgalikda yashasa fitosenoz (o’simliklar jamoasi) deyiladi. Agar bir necha tur hayvonlar birgalikda yashasa zoosenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi.
- Biogenozlar rang-barang bo’lib, iqlim va hududning tarixi va tabiatiga bog’liq holda vujudga kelgan. Masalan, tropik mintaqalaridagi o’rmonlarning biogeosenozlari ancha qashshoq bo’lgan Arktika tundralariga nisbatan ancha mahsuldordir. Okean tubidagi biogenozlar esa, dengiz va okeanlar sohillari yaqinidagi sayoz joylar biogenozlariga qaraganda sermahsul emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |