Biosfera ta’limoti. Boisferaning tirik moddalari funktsiyalari. Noosfera – “tafakkur qobig’i”



Download 21,66 Kb.
bet4/5
Sana30.12.2021
Hajmi21,66 Kb.
#91547
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIOSFERA

A) Quruqlik biomassasi. Quruqlik yuzasining turli hududlarida biomassa miqdori bir xil emas. Turli o’simliklar hosil qiladigan biomassa miqdori va uning sifati bir xil emas. Bu biomassa miqdori gektariga 42-137 tsentnerni tashkil etadi.

L.V.Rodin va N.N.Bazilevich (1965)lar Rossiya Federatsiyasining har xil o’simlik mintaqalardagi biomassa miqdorini o’rganishi bu mintaqalari orasida eng ko’p biomassani o’rmonlar to’plashini ta’kidlaydilar.

Markaziy Osiyo cho’l mintaqasidagi biomassaning umumiy zahirasi 50-60 gaG’ts ni tashkil etadi. Qorasaksovulzorlarda yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari esa bu ko’rsatkich bir yilda 10 gaG’ts ga boradi.

Qutblardan ekvatorga borgan sari bio­massa miqdori va organizmlar turlarining soni ortib boradi. Ay­niqsa, tropik iqlim sharoitida o’simliklar turlari juda ko’p bo’ladi. Zich va bir necha yaruslarda o’sadi. Hayvonlar ham har xil yaruslarda joylashadi. Ekvator biogeotsenozlarida hayot zichligi juda yuqori bo’ladi. Orga­nizmlar o’rtasida yashash joyi, oziq-ovqat, yorug’lik, ki­slorod uchun raqobat kuchli bo’ladi. Qutblarda buning aksini ko’ramiz. Odamning ta’sirida biomassa hosil bo’ladigan maydonlar keskin o’zgarishi mum­kin. Shuning uchun ham sanoat va qishloq xo’jalik maqsadlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish lozim. Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeotsenozlari egal­laydi. Tuproqda organizmlar zich joylashgan. Masalan: bir tonna qora tuproqda mikroorganizmlarning soni 25x10 ga etishi mumkin yoki 1 gektar tuproqda 2,5 mln ga yaqin yomg’ir chuvalchangi yashashi mumkin. Tuproqda gazlar almashinishi ham tinmasdan davom etib turadi. Havo tarkibidagi kislorod o’simliklarga yutiladi va kimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Azot esa azot to’plovchi bakteriya­lar tomonidan o’zlashtiriladi. Tuproqdagi anaerob holda yashovchi Clostridium Pasterianum va Clostridium avlodiga kiruvchi boshqa bakteriyalar atmosfera azotini o’zlashtirish xususiyatga ega (Vinogradskiy, 1993).

Aerob holda yashovchi Azotabakter (Beberik, 1901) qulay sharoitida hosil bilan chiqib ketgan azotning bir qismini o’zi to’plagan azot bilan qoplaydi. Azotobakterlar uchun tuproq muhiti rN – 6 va undan yuqori bo’lishi lozim. O’zbekiston tuproqlarida azotobakterlar faoliyati ancha yuqori bo’lib, ular gektariga o’rtacha hisobda 25-30 kg sof azot to’playdilar. Azotobakter bilan ekinlar urug’ini ishlash g’alla ekinlar hosilini 20-30, qand lavlagi hosilini esa 20-25 % ga oshiradi.

Tuproqda aerob erkin yashaydigan oltingugurt, oligonitrofil bakteriyalar va ayrim suvo’tlari ham atmosfera azotini o’zlashtirish xususiyatiga ega, biroq ularning salmog’i juda kam.

Erkin holda yashovchi bakteriyalar bilan birgalikda ekinlarni biologik azot bilan ta’minlashda dukkakli o’simliklar ildizida simbioz holida yashovchi tuganak bakteriyalarning ham ahamiyati katta. Dukkakli ekinlar havo azotini Rizobium avlodiga kiruvchi bakteriyalar yordamida o’zlashtirib mavsum davomida ma’lum miqdorda azot to’playdi. Chunonchi, beda 2-3 yil davomida gektariga 250-400 kg azot to’playdi, no’xat har yili sharoitga qarab gektariga 50-75 kg biologik azot to’playdi.

Biologik azotni o’zlashtirish fotosintez jarayoni bilan bog’liq bo’lib, o’simlik havo azotini ko’proq o’zlashtirsa, unda kuzatiladigan fotosintez jarayoni shuncha faollashadi, demak, biomassa hosil bo’lish imkoniyati oshadi.

Havo tarkibidagi azotni biologik usulda o’zlashtirish atrof-muhitni, sizot suvlarni, suv havzalarini nitratlar bilan ifloslanishining oldini oladi. Ekologik muammolarni ijobiy hal qilishga yordam beradi. Kunduzi tuproq qiziganda undan karbo­nat angidrid, vodorod sulfid, ammiak ajraladi.

Shunday qilib, tuproq biogen usulda hosil bo’ladi. Tuproq anorga­nik va organik moddalardan hamda tirik organizmlardan tashkil top­gan. Biosferadan tashqarida tuproqning hosil bo’lishi mumkin emas. Tuproq tirik organizmlarning yashash muhiti bo’lib, undan o’simliklar o’ziga xos oziq moddalar bilan suvni oladi. Tuproqda kechadigan jara­yonlar modda­larning biosferada aylanishini tarkibiy qismini tash­kil etadi. Odam­ning xo’jalik faoliyati ko’pincha tuproq tarkibining tobora o’zgarib bo­rishiga undagi mikroorganizmlarning nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tuproqdan doimo oqilona foydalanish zarur.


Download 21,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish