Biosfera tirik organizmlarning tarqalgan qobig’idir .
Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bog’liq. Biosfera ‘’ hayot qobig’I’’, to’g’risidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan . ‘’biosfera ‘’terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss [1875] kiritgan . Biosfera to’g’risidagi to’liq ma’lumotni rus olimi V.I. Vernadskiy [1926] ishlab chiqqan .
Biosfera
Atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda bo’lgan qismi [20-25km], litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani to’liq o’z ichiga oladi . Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2-3km , okean tubida 1-2km chuqurlikkacha boradi .
Biosfera
Yerdagi hayot murakkab va xilma xil organizmlar kompleksidan iborat . Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit o’zaro chambarchas bog’langan bir butun dinamik sistema –biogeotsenozlarni hosil qiladi .
Inson faoliyati yer yuzini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan hozirgi davrda biosferaning rivojlanishi yangi pog’onaga ko’tarildi . So’ngi yillarda insonning biosferaga biokimyoviy ta’siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi .
Insonning biosferaga salbiy ta’siri
Turli tabiiy ofatlar , ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda . Masalan , 1975-yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa , 1985-yilgi Mexikodagi yer qimirlashi 20ming , Kolumbiyadagi vulqon 26ming , Armanistondagi yer qimirlashi 25ming , Tojikistonda esa 100mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi. 2001 –yil yanvar oyi oxirida Xindistondagi yer silkinishi 40000ga yaqin kishi halok bo’lgan.
Atlantika okeani ustidan uchib o’tgan reaktiv samolyot 35 t kislorod yutib , atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq zararli gazlar chiqardi. Biosfera turg’unligining buzilishiga sabab bo’ldi.
Turli mamlakatlar tomonidan dunyo okeani 6,7 mlrd, t qattiq chiqindilar tashlandi . Gidrosfera 90-100 mln. T neft , neft mahsulotlari shundan 19-20 mln. Tonna yer usti ekosistemasiga , 60-70 mln. Tonna atmosferaga tushdi .
Shunday texnogen sabablarga ko’ra , keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2 miqdori 0,3/ dan 0,5/ga yetib keldi.
Inson ijod qilgan moddalarning , tiriklik genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda katta. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha ko’p miqdorda turli kimyoviy moddalar to’plangan bo’lib , ularning ay rimlarimutagenlik ta’sir ko’rsatadi.
Inson ijod qilgan moddalarning , tiriklik genetik sistemasiga salbiy ta’siri juda katta .
Ular tirik organizm tanasida oksidlanish ,tiklanish , parchalanish va qo’shilish jarayonlarida hujayra organik moddalarini ifloslantiradi . Turli kasalliklar keltirib chiqradi .