Biosfera
Bajardi:
Reja: 1. Biosfera haqida tushuncha. 2. Ekologik omillar tasnifi. 3. Inson va organizmlarning ekologik omillar ta'siriga moslashuvi. 4.Biosfera muvozanatining buzilishi va oqibatlari. Ekologiya atamasini fanga birinchi bo"lib nemis olimi Ernest Gekkel 1866 yilda kiritgan . Lekin hozirgi kunda juda ommalashib ketgan bu atamaning mazmuni (grekcha «oykos» -uy yashash joyi, «logos» -fan ) asl moxiyatini to'la tushinish imkonini bermaydi Ekologiya-hayot jarayonlarini o'ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanidi. Ekologiya biologik fanlar turkumiga mansub mustaqil fandir. Ekologiyaning juda ko"p tariflari mavjud Ulardan birida shunday deyiladi:«Ekologiya Organizmlarning (har qanday ko'rinishlardagi, barcha darajada uyg'unlashgan) hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kechadigan tabiiy muhitga inson omilining ta'sirini hisobga olgan holda o'rganadigan fandir». Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi-bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi. - Ekologiya atamasini fanga birinchi bo"lib nemis olimi Ernest Gekkel 1866 yilda kiritgan . Lekin hozirgi kunda juda ommalashib ketgan bu atamaning mazmuni (grekcha «oykos» -uy yashash joyi, «logos» -fan ) asl moxiyatini to'la tushinish imkonini bermaydi Ekologiya-hayot jarayonlarini o'ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanidi. Ekologiya biologik fanlar turkumiga mansub mustaqil fandir. Ekologiyaning juda ko"p tariflari mavjud Ulardan birida shunday deyiladi:«Ekologiya Organizmlarning (har qanday ko'rinishlardagi, barcha darajada uyg'unlashgan) hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kechadigan tabiiy muhitga inson omilining ta'sirini hisobga olgan holda o'rganadigan fandir». Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi-bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir: -hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish; -biosferadagi jarayonlarni o'rganish, boshqarish, bashorat qilish insonning yashash muhitini saqlash; -biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir. Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan. (Tsimlik va hayvonlar, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligini Ibn Sino, Beruniy asarlarida, shuningdek A.Gumboldt, J. Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritilgan. Lekin ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab o’simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20 yillarda ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 20-30 yillarda O'rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlarning ekologiya-geograflya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz tabiatini ekologik tadqiq qilish boshlandi. 1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati tez o'zgara boshladi.
Umumiy ekologiya barcha organizmlarning alohida darajadagi, muhit sharoitlari bilan o'zaro munosabatlari ekologiyasini o'rgandi. Hozirgi kunda ekologiyaning ijtimoiy va tabiiy fanlar chegarasida rivojlanayotgan tarmoqlarga inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, gidroekologiya, global ekologiya va boshqalar kiradi. Ekologiyaning vujudga kelgan yangi tarmoqlari fanlar tizimida o'ziga xos o'rin egallaydi.
Organizmni o'rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo’ladigan tabiatning bir qismi hayot muhiti deb ataladi. Yer yuzida organizmlar to'rt hayot muhitini o'zlashtirganlar -suv, havo, tuproq, organizm. Organizmning yashashi uchun bir yoki bir nechta muhitlar zarurdir. Hayot muhitlari aloxidaa yashash muhitlariga bo'linadi. Yashash muhiti hayot muhitining geografik va ekologik xususiyatlari bilan ajraluvchi qismidir. Masalan: suv hayot muhitida chuchuk va sho'r suvli yashash muhitlari , oqar va oqmas suv yashash muhitlari ajratiladi. Yashash muhiti yashash joyi va biotoplarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |