BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha
akmx 24.10.2015 BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha2015-10-24T08:02:37+00:00BIOS 1 ta fikr
Agar BIOS’ga doir maqolalarni o‘qib kelayotgan bo‘lsangiz, hozirga kelib siz BIOS tushunchasi haqida, BIOS’ga kirish va uni sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish kabi asosiy narsalarni bilasiz. Barcha maqolalarda sozlash deb yozib o‘tmoqdaman, xo‘sh qanaqa sozlanadi o‘zi, nimani sozlaymiz kabi savollar yig‘ilib qolgandir.
Bu maqolada BIOS oynasidagi dastlabki menyular haqida yozib o‘taman, keyingi maqolalardan boshlab har birini ichini yozib o‘taman.
Maqolalarda, PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS‘i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS’i ishlatilmoqda.
Demak, kompyuteringiz orqali BIOS’ga kirsangiz, quyidagi oynagu duch kelasiz.
Ichidagi meyularni umumiy qilib ko‘rib o‘tamiz:
1. Standard CMOS Features — menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.
2. Tiger Central Control Unit — menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
3. Advanced BIOS Features — kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
4. Advanced Chipset Features — bu menyu motherboar’dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi..
5. Integrated Peripherals — motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,…).
6. Power Management Setup — kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.
7. PnP/PCI Configurations — tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.
8. PC Health Status — bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba’zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo.
9. Load Fail-Safe Defaults — oldingi maqolada aytib o‘tgan funksiya, ya’ni BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.
10. Load Optimized Defaults — bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
11. Set Supervisor Password -BIOS dasturiga parol o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.
12. Set User Password — bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.
13. Save & Exit Setup — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS’dan chiqish.
14. Exit Without Saving — qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlamasdan BIOS’dan chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |