Karbonil guruhiga xos reaksiyalar. Monosaxaridlarni
tautomer aralashmasida halqali shakllar asosiy qismni tashkil
etsalarda, eritmada halqasiz shaklni ba’zi miqdori hisobiga aldegid
va ketonlar uchun xos bo’lgan reaksiyalarga kirishadilar.
Monosaxaridlarni gidroksilamin bilan ta’siri natijasida halqali va
halqasiz shakllarni oksimlari hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan mahsulotga
sirka angidridi ta’siri natijasida aldon kislota nitrili olinadi. Olingan
nitrilni natriy metilat bilan ta’siri natijasida dezatsetillanish sodir
bo’lib, sianid kislota ajralib chiqadi. Shunday yo’l bilan aldoza
uglerod zanjiri bitta atomga qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |