7- mavzu: Biologiya ta’limida predmetlararo bog`lanishlardan foydalanish
Reja
Biologiya ta’limida predmetlararo bog`lanishlardan foydalanish masalalari.
Predmetlararo bog`lanishlarning xillari.
Bir hujayrali hayvonlar mavzusini o`rganishda predmetlararo bog`lanishlar.
Biologiya ta’limi mazmunini zamon talablari darajasiga ko`tarishda o`quvchilarga ushbu fan yuzasidan puxta bilim berish muammosini hal etishda predmetlararo bog`lanishlardan foydalanish ham muhim vazifalardan hisoblanadi.
Biologiya ta’limida «tabiat-odam», «tabiat-inson-mehnat» kabi zamon talabiga mos dunyoqarash va ta’lim berish ishini predmetlararo bog`lanishlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Biologiya ta’limida predmetlararo bog`lanishlardan foydalanishning mazmuni deganda, turli mavzularni o`rganishda shu mavzuga oid bo`lgan va mavzuning boshqa fanlardan olingan o`quv materiallari bilan qo`shib o`rganish tushuniladi.
Biologiya ta’limida predmetlararo bog`lanishlar o`quvchilar uchun ayni o‘quv predmeti hamda boshqa predmetlarni o`rganish jarayonlarida olgan tushunchalarini bir-birga qo`shib yaxlit bilimlar hosil qilishga xizmat qiladi. Tabiatshunoslikdagi tabiatda suv, eritmalar, fizikadagi suyuqlikda gazlarning eruvchanligi, diffuziya hodisasi kabi tushunchalar bir hujayrali hayvonlarning yashash muhitlarini o`rganishda g`oyat muhim tayanch tushunchalar hisoblanadi.
Predmetlararo bog`lanishning ijobiy tomoni shundaki, o`quvchilar o`zlarining boshqa o‘quv predmetlardan olgan bilimlarini biologiya darslarida foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. Va nixoyat, predmetlararo bog`lanishlardan foydalanish quyidagi vazifalarni xal etishga ham xizmat qiladi.
Metodologik vazifa - tabiat, turli organizmlarning bir butunligi, yashash sharoitiga moslanishlari kabi tushunchalar orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga;
Ta’limiy vazifa - predmetlararo bog`lanishlar biologik tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omillardan hisoblanadi.
Rivojlantiruvchi vazifasi - ta’lim jarayonida o`quvchilarning fikrlash xususiyatini rivojlantirish, mantiqiy xulosalar chiqarish, analiz, sintez qilish kabi imkoniyatlarini.kasbiy xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Predmetlararo bog‘lanishlardan foydalanish maktab o‘qituvchilarining o‘zaro xamkorliklarini talab etadi. Buning uchun o‘quv yurti pedagogik jamoasi yil boshidayoq mavzularni predmetlar aro bog‘lanishlardan foydalanish orqali o‘rganish masalasini muhokama qilishlari, shu asosda ish rejalari tuzishlari kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘z darsida predmetlararo bog‘lanishlardan foydalanishda :
1. O`quv yili uchun reja tuzilayotgan paytda har bir dars uchun dastur talabi va o`qituvchining tashabbusi bilan predmetlararo bog`lanish rejasini tuzadi;
Predmetlararo bog`lanishlarni amalga oshirishning metodlari va vositalarini ishlab (konkret darslar uchun) chiqadi;
Predmetlararo bog`lanishlarni amalga oshirish uchun o`quv ishlarining turli shakllari sistemasi (dars, ekskursiya, sinfdan tashqari ishlar) belgilaydi;
O`quvchilarning predmetlararo bog`lanishlar bo`yicha bilimlarini aniqlash, baholash yo`llarini aniqlaydi.
O‘quv yurtlari tajribalari hozirgi vaqtda biologiya fanlaridagi predmetlararo bog`lanishlarning quyidagi shakllari mavjud ekanligini ko‘rsatadi.
1.Fanlararo bog`lanishlar-biofizika, biokimyo, biokibernetika kabi fanlar bilan.
2. Metodologik yo`nalish-tabiatning ma’lum sistemada mavjud ekanligi haqidagi metodologiyaga asoslanish.
3. Nazariya va amaliyotning birligi masalalaridan foydalanish.
Predmetlararo bog`lanishning xillari. Predmetlararo bog`lanishlar tabiiy va gumanitar fanlar o`rtasida bo`ladi. Biologiya ta’limining tabiiy fanlar bilan bog`lanishida ko`pincha matematika, fizika, geografiya, kimyo kabi fanlar ko`zda tutiladi. Ba’zi hollarda o`quv materiali raqamlar bilan boyitilgan holda o`rganiladi. Masalan, odam gavdasi 70 kg bo`lsa, u o`z navbatida quyidagi elementlardan tuziladi:
Karbon - 12,6 kg
Kislorod - 45,5 kg
Vodorod - 7 kg
Azot - 2,1 kg
Kalsiy - 1,4 kg
Natriy - 150 gr
Kaliy - 100 gr Bu ma’lumotlar biologiyani kimyo bilan bog‘lanishini ko‘rsatib turibdi.
Biologiya ta’limida o‘quvchilarnig turli o‘quv predmetlaridan o‘rgangan tushunchalaridan foydalanish ham predmetlararo bog‘lanishlarning bir xiliga kiradi.
Bunga turli organizmlar tuzilishi pog`onalari haqidagi (molekulyar, hujayraviy, to`qima, organizm, turlar, biogeotsenoz, biosfera) tushunchalar kirib, bu tushunchalar o`z navbatida kimyo, fizika, geografiya, sistematika kabi fanlar bilan bog`lanishini talab etadi. Undan tashqari, biologiya o‘quv predmetlari mazmuniga kirgan evolyutsiyaga (evolyutsiya, evolyutsiya natijalari), ekologiyaga (muhit sharoitlari, organizm va muhit, populyatsiya va hokazo), genetikaga ( o`zgaruvchanlik, genotip gen va va hokazo). tushunchalardan ham keng foydalaniladi. O‘simlik va hayvonot dunyosi, odamning tuzilishi. hayot jarayonlarini o‘rganishda morfologik, , anatomik tushunchalar (organ, organning tuzilishi, organli sistema, (organizm) fiziologik (oziqlanish, nafas olish, ko`payish, tarqalish va hokazo tushunchalar bir qator mavzular mazmunini atroflicha ochib berishga xizmat qiladi. Undan tashqari, bu bog‘lanishlarda proforientatsiya, ya’ni amaliyotga doir (agrotexnik, zootexnik, genetik, tabiatni muhofaza etish) tushunchalardan ham keng foydalaniladi.
Darslarda tushunchalardan foydalanishga misol sifatida «Bir hujayrali hayvonlar» mavzusida predmetlararo bog`lanishlarni rejalashtirish haqida to`xtalamiz.
“Bir hujayrali hayvonlar”mavzusidagi predmetlar aro bog‘lanishlar
4-jadval
Mavzular
|
Asosiy tushunchalar
|
Qaysi o‘quv predmet bilan bog‘laniladi.
|
Boshqa predmetdan foydalaniladigan
mavzular
|
1.Soxta oyoqlilar
|
Harakatlanishi,,
Yashash muhiti
Tanasining tuzilishi
oziqlanish, nafas olishi, sista xosil qilishi.
|
Tabiatshunostlikdan:
5-sinf Botanikasi
|
Tabiatda suv
Hujayraning tuzilishi Bakteriyalar. Bir xujayrali suv o‘tlari
|
2.Evglena
|
Xivchinlilar, plastidlar, o‘simlik va hayvonga xos oziqlanish, ko‘payish
|
Tabiatshunoslik:
Botanika, 6-sinf:
|
Tabiatshunostlikdan: suv, eritmalar
Bir hujayrali suv o‘tlari
|
3.Infuzoriya
|
Infuzoriya: murakkab tuzilgan bir hujayrali organizm, hujayra elementlari
|
Fizika:
|
Diffuziya, suyuqliklar, eritmalar
|
Jadvaldan ko‘rinib turgandek, soxtaoyoqlilar, evglena kabi mavzularni o‘rganishda tabiatshunoslik predmetidagi tabiatda suv, botanikadan bakteriyalar, bir hujayrali suv o‘tlari, fizikadan diffuziya, suyukliklar, eritmalar kabi mavzularni esga tushirish, ulardan yuqorida ko‘rsatilgan hayvonlarni yashash muhiti, hujayraviy tuzilishi, hayot kechirish kabi xusususiyatlarini o‘rgatishda unumli foydalanish imkonini beradi.
Mavzu bo`yicha talabalar bilimlarini tekshirish uchun savollar
Predmetlararo bog`lanishlarning xillari haqida so`zlang.
Tushunchalararo bog`lanishlar qanday bo`ladi?
Predmetlararo bog`lanishlar qanday rejalashtiriladi?
Zoologiyani o`rganishda predmetlararo bog`lanishlarni so`zlang.
Mavzu bo`yicha asosiy tayanch iboralar
Predmetlararo bog`lanishlar. Predmetlararo bog`lanishning xillari. Predmetlararo bog`lanishlarni rejalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |