Biologiyadan sinfdan tashqari ishlar. Ekskursiyalar



Download 14,93 Kb.
bet2/3
Sana01.06.2023
Hajmi14,93 Kb.
#947399
1   2   3
Bog'liq
Biologiyadan sinfdan tashq.Ishl. Ekskursiya. (8)

Ekskursiyaga tayyorlanish. Barcha ekskursiyalar uni o‘tkazishning ishlab chiqilgan muhim rejasi bo‘lishini talab etadi. Ekskursiyaga olib borish uchun o‘qituvchi o‘zi bilmaydigan obyektlarni tanlamasligi kerak. Shuning uchun ekskursiya o‘tkaziladigan kunga qadar o‘qituvchi ekskursiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joyni tanlashi, shu joyga borishning qulay marshirutini aniqlab olishi kerak. Undan tashqari, ekskursiya o‘tkaziladigan joy tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra ekskursiya mavzusiga juda yaqin kelishi kerak. O‘qituvchi ekskursiya vaqtida qaysi joylarda to‘xtash dam olish, qaysi uchastkalarda nimalarni ko‘rish va qanday materiallardan namunalar yig‘ish kabi lihatlarlarni ham belgilab qo‘yadi. Ekskursiyani o‘tkazish uchun bajariladigan vazifalarni belgilaydi.
Tabiatda o‘tkaziladigan ekskursiyalarga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagilarni bajaradi: 1. Ekskursiya mavzusiga mos bo‘lgan joy tanlaydi. 2. Ekskursiya o‘tkazish joyini o‘qituvchi avval o‘zi o‘rganib, unda ko‘proq uchrovchi hayvonlarni aniqlaydi. 3. Ekskursiya paytida qanday o‘simliklarni o‘rganish, namunalar olish, hisoblash ishlarini ham aniqlab oladi. 4. Ekskursiya o‘tkaziladigan joyga borish marshirutini belgilaydi. 5. Ekskursiya rejasi tuzilib, unda mazkur tadbirning maqsad va vazifalari aniqlanadi. 6. Ekskursiya uchun zarur anjomlar (gerbariy papkalari, tesha, qaychi, probirkalar, gazetalar, o‘simliklar aniqlagichlari va boshqalar) tayyorlanadi. Anjomlar ekskursiyaga chiqadigan o‘quvchilar guruhlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi. 7. Ekskursiyani yakunlash yo‘llari belgilanadi. Ekskursiyani o‘tkazish uchun o‘qituvchi maktabda o‘quvchilarga maqsad va vazifalarni tushuntirib, ularni 4-6 tadan guruhlarga ajratadi. Har bir guruh uchun rahbar saylanadi. Guruh uchun javob beruvchi o‘quvchilarga ekskursiya anjomlari tarqatib beriladi.
“Turli hayot shakllariga ega bo‘lgan o‘simliklar va ulardagi kuzgi o‘zgarishlarni kuzatish” mavzusidagi tabiat ekskursiyasi paytida o‘quvchilar quyidagi ishlarni amalga oshiradilar: 1. O‘simliklarning buta hamda daraxt shakllarini, xillarini o‘rganish; 2. Bunday o‘simliklardan ularning ildizi, poyasi, barglaridan gerbariylar uchun materiallar yig‘ish; 3. Kuzda o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar, meva va urug‘larning pishganligi, ayrim o‘simliklar barglarining sarg‘ayib to‘kila boshlaganligini o‘rganish; 4. Turli o‘simliklar urug‘laridan kolleksiya yig‘ish;
5. Meva va urug‘larning tabiatda tarqalishga moslanganlik belgilarini o‘qituvchi rahbarligida aniqlash; 6. O‘simliklarni muhofaza qilish yo‘llari, tadbirlar, o‘qituvchi suhbatida qatnashish kabi ishlarni bajaradilar. Ekskursiya o‘tkazishda o‘qituvchi har bir guruhning ishlarini kuzatib, ularga zarur ko‘rsatmalar berib boradi. Ekskursiyalarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida o‘quvchilarni tayyorlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ekskursiyalarga chiqishdan oldin o‘qituvchi ekskursiya mavzusiga oid qisqa suhbat o‘tkazadi. So‘ngra quyidagi topshiriqlarni aks ettiruvchi devoriy axborot chiqaradi.
VI sinf o‘quvchilari ham ekskursiyalar vaqtida mustaqil ish bajaradilar. Bajariladigan mustaqil ishlar o‘qituvchining rahbarligi ostida qisqa-qisqa topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘ladi va uning bajarilishi o‘qituvchi tomonidan tekshirib turiladi. IX sinf o‘quvchilari esa ekskursiyalar vaqtida berilgan topshiriqlar asosida o‘zlari mustaqil ish bajaradilar. Ekskursiyalar vaqtida tartib saqlash maqsadida har bir guruhga rahbar saylab qo‘yiladi. Saylangan guruh rahbarlari guruhning harakati, ishni qanday bajarayotganligi ustidan nazorat qilib boradi.
Ekskursiya vaqtida yig‘ilgan materiallardan keyingi dars vaqtida ham foydalaniladi. Ekskursiyalarning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun o‘qituvchi quyidagilarga doimo amal qilish kerak: 1. Ekskursiya dars ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. 2. Ekskursiyaga chiqishdan avval uning rejasi tuzilishi, o‘tkazish joyi aniqlanishi kerak. 3. Ekskursiya mavzusiga amal qilish, boshqa mayda mavzularga e’tibor bermaslik zarur. 4. Ekskursiya vaqtida doimo ko‘rsatish imkoni bo‘lgan narsalar haqida so‘zlamoq kerak. 5. Uzoq tushuntirib o‘tirishmaslik lozim. 6. Ekskursiyalarda faol qatnashuvchilarni aniqlash, ularning faqat eshituvchilar bo‘lib qolishiga barham berish kerak. 7. Ekskursantlarda turli xil nomlarni keltiravermaslik lozim, chunki ularning barchasini esda saqlashlari qiyin.

Download 14,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish