2-masala
. Odam vazni o„rtacha 90 kg bo„lganda skelet massasi 12 kg ni tashkil etadi.
Skelet massasini qanchasini fosfat tuzlari, qanchasini karbonat tuzlari tashkil etishini
aniqlang?
Masalaning tahlili
:
Maqsad: odam vazni o„rtacha 90 kg bo„lganda skelet massasi 12 kg ni tashkil
etadi. Skelet massasini qanchasini fosfat tuzlari, qanchasini karbonat tuzlari tashkil
etishini hisoblab topish kerak.
Yechilishi:
1)darslik ma‟lumotlar asosida masala ishlanadi. Izoh: Suyakning kimyoviy tarkibiga
ko‟ra 1/3 qismini organik moddalar, 2/3 qismini anorganik moddalar tashkil etadi.
Shunga asoslanib, masalada bayon etilgan anarganik moddalar 8/12 kg ni tashkil
etishini aniqlab olamiz.
2)anorganik moddalarning 60 % i ni fosfat tuzlari va 5.9 % i ni karbonat tuzlari
tashkil etishini yodga olamiz va quyidagi proporsiyani tuzamiz.
100% i 8 kg ni tashkil etsa,
60% i x
x= 4,8 kg ni fosfat tuzlari ni tashkil etadi.
100% i 8 kg ni tashkil etsa,
60% i x
x= 0,472 kg ni karbonat tuzlari tashkil
etadi.
Javob:
4,8 kg ni fosfat tuzlari, 0,472 kg ni karbonat tuzlari tashkil etadi.
Odam va uning salomatligi o‟quv kursidan o‟rin olgan “Moddalar va energiya
almashinuvi” mavzusiga oid ilmiy tushunchalarni rivojlantirishda dolzarb
hisoblanadi.
3-masala.
Azimjon bir sutka davomida qabul qilgan ovqati ratsionida yog‟ va
oqsilning miqdori teng, uglevod miqdori oqsil miqdoridan 4,5 marta ko‟p. To‟qima
va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‟tishi va ish bajarishi uchun 2548 kkalni
tashkil etgan bo‟lsa, uning ovqat ratsionidagi yog‟ning (a) miqdori (gramm) va
uglevodning parchalanishidan hosil bo‟ladigan energiya (b) miqdorini (kkal)
aniqlang?
Yechilishi:
Mazkur masalani yechishda o‟qituvchi yoki o‟quvchi matematika
fani bilan bog‟liq bilimlariga tayangan holda to‟g‟ri javobni topishi mumkin.
Izoh:
oziq moddalar parchalanishidan hosil bo'ladigan energiyani uchdan ikki qismi
to'qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o'tishi va ish bajarishi uchun,
uchdan bir qismi esa tana haroratining doimiyligini ta„minlash uchun sarflanadi,
shunga va 1gr oqsil va uglevod kislorod ta‟sirida parchalanganda 4.1 kk, 1 gr yog‟
esa 9.3 kk energiya hosil qiladi yuqoridagilarga asoslanib, quyidagi amallar
bajariladi:
1)2548 kk 2 qismi tashkil etsa,
3822 kk
= x 3 qismi esa
2)Berilgan moddalardan hosil bo‟ladigan energiya miqdorini topish uchun
sestemaga solamiz: 4.1 kk oqsil x + 9.3 kk yog‟ x + 4.1 kk uglevod ×4.5 =3822 kk
(4.1 kk × 4.5 kk = 18.45 kk uglevod.)
3)4.1 x +9.3 x + 18.45 x =3822 kk
4) 31,85 x=3822 kk
5)x=120 gr yog‟
6) uglevod miqdori oqsil miqdoridan 4,5 marta ko‟pligini e‟tiborga olib dastlab
uning massasi so‟ng esa parchalanishidan hosil bo‟lgan energiya miqdorini kk da
topamiz:
120×4.5 = 540 gr uglevd;
540 × 4.1 = 2214 kk hosil qiladi.
Javob:
a) 120 gr yog‟ning massasi; b) uglevod 2214 kk energiya hosil qiladi.
Ushbu bajarilgan amallardan ko‟rinib turibdiki, o‟qituvchi yoki o‟quvchida birinchi
navbatda matematik kompetentlikni rivojlantirishga, biologik qonuniyatlarning o‟ziga xos
jihatlarining shakllanishiga, inson organizimining bir sutkadagi energiya sarfi, organik
moddalar kislorod ta‟sirida parchalanganida qancha energiya hosil qilishi, o‟zining oziq
ratsiyoniga
sarflanadigan
moddalarning
miqdori
haqidagi
ilmiy
bilimlarni
takomillashtirishiga xizmat qiladi.
1.Biologik mashqni bajaring?
Skelet qismlari
Ularga mos keladigan suyaklar nomini
yozing
suyaklar
sonini yozing
1.
Uzun naysimon suyaklar
2.
Kalta naysimon suyaklar
3.
Uzun g‟ovak suyaklar
4.
Kalta g‟ovak suyaklar
5.
Kalla suyaklari
6.
Gavda suyaklari
7.
Qo„l suyaklari
8.
Oyoq suyaklari
Uyga vazifa:
Do'stlaringiz bilan baham: |