O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BIOLOGIYADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH
FANIDAN
Raxmatov Uchqun Eegashevichning
ODAM VA UNING SALOMATLIGINI O’QITISHDA MASALA VA
MASHQLARDAN FOYDALANISH USULI
mavzusidagi
OCHIQ MA‟RUZA MASHG‟ULOTI
ISHLANMASI
Toshkent-2019
Reja:
1.Ta‟lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning о„rni
2.Odam va uning salomatligi bo„yicha foydalaniladigan masala va mashqlarga
qo„yiladigan talablar
3.Odam va uning salomatligi o‟quv kursini o‟qitishda masala va mashqlardan
foydalanish metodikasi
4.Odam va uning salomatligi o‟quv fanini o‟sitishda
masala va mashqlardan
foydalanishdagi fanlararo bog„lanishlar
Tayanch so’zlar va iboralar:
Ta’lim – tarbiya, o’quvchilar bilish faoliyati, mantiqiy
fikrlash, odam va uning salomatligi, masala, mashq, ko‘nikma, malaka, nostandart test,
nostandart topshiriqlar, hujayra, organoid, oqsil, nuklein kilota, lipid, metobolizm.
1.Ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning о‘rni
Ta‟lim – tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim omillardan biri
o‟quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi. Ta‟lim
jarayonida о„quvchilar tomonidan biologik bilimlarni
egallashlarida eng samarali
usullardan biri masalalardan foydalangan holda mavzu mazmunini yoritib berishdir.
Hozirgi vaqtda har qanday maktab o‟qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya
o‟qituvchilari oldida turgan muhim vazifa o‟quvchilarga fanlardan chuqur bilim berish
bilan birga ularning mantiqiy fikrlash, oldin o‟zlashtirgan bilimlarini yangi material bilan
o‟zaro bog‟liqligini
sabab - oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi
qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi.
Odam va unig salomatligidan masala va mashqlar hamda turli topshiriqlardan
foydalanish natijasida:
o‟quvchilarning bilish faoliyati faollashadi;
fan asoslarini o‟rganishga bo‟lgan qiziqishlari ortadi;
o„quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi;
mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi;
o‟quv kursidan olgan bilimlari mustahkamlanadi;
biologik jarayonlar va hodisalarning mazmun mohiyati ochib beriladi;
avval o‟zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‟llash;
fanlararo bog‟lanishlarni amalga
oshirish;
nazariya va amaliyot uyg‟unligini ta‟minlash imkoniyati yaratiladi.
Odam va uning salomatligi kursida masala va mashqlar juda katta ilmi-amaliy
ahamiyatga ega bo„lishiga qaramasdan, bu muammo nazariy jihatdan barcha biologiya
o„qituvchilariga manzur bo„ladigan darajada hal qilinmagan.
Masala va mashqning tatbiq etishda o„qituvchi va o„quvchi
faoliyatining turlari
hamda o„quvchilar bilish faoliyatini asos qilib olish kerak, o„quvchilar bilish faoliyatini
harakteri o„qituvchining rahbarlik faoliyatiga hamda qaysi darsda qanday masala yoki
mashqlardan foydalanish usuliga bog„liqdir. Masalan, o„qituvchi biror mavzu bo„yicha
o„quv materialini tushuntiradi va video yoki proektor
yordamida shu mavzuga oid
rasmlarni ko„rsatib boradi, o„quvchi o„qituvchi so„zlarini tinglab, idrok etadi va rasmlarni
ko„zdan kechiradi. Agar o„qituvchishu mavzu mazmun va mohiyatini ochib beradigan
biror masala yoki mashqlarni o„quvchilarga havola etsa, o„quvchilar xotirasida bu mavzu
mazmun mohiyati uzoq vaqt saqlanib qoladi.
O„quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish xarakteri o„qib, bilib olish vaqtida
masala va mashqlarni tatbiq etish o„quvchilar tafakkuri va hatti – harakatlaridagi
mustaqillik hamda faollik darajasini belgilab olishdan iborat.
Odam va uning salomatligi kursida o„quvchilarga asosan bilimlarni tayyorholda yoki
yangi o„zlashtirgan bilimlarni tasdiqlovchi va aniqlashtiruvchi dalil sifatida olinadigan
masala va mashqlar o„quvchilarni ancha mustaqil izlanishlarini oshirishga imkon beradi.
O„quvchilarning ko„proq mustaqil fikr yuritishga
qaratilgan masala va mashqlar,
o„quvchilar tomonidan kuzatishlar olib borishga, mantiqiy fikr yuritishga va xulosalar
chiqarish yo„li bilan o„quvchilar o„zlari yangi bilimlar olishini ko„zda tutiladi.
Masala va mashqlardan foydalanishda o„quvchilar imkoni boricha ko„proq mustaqil
faoliyat ko„rsatsalar, masala - mashqlardan odam va uning salomatligi o„quv fanidagi
mavzularni atroflicha tushunib olishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.Har bir masala yoki mashq
didaktik maqsadiga va o„quv materialini mazmunining
xususiyatlariga qarab
qo„llaniladigan bo„lsa, ta‟lim va tarbiyaiy ahamiyati yanada yuqori bo„ladi.
Odam va uning salomatligi kursida foydalaniladigan masala va mashqlar mavzu
mazmunini ta‟limiy va ta‟sirchanlik ahamiyatini kuchaytiradi.
Ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan har qanday usul yoki pedagogik texnologiyalar ma‟lum
sharoitlarda o„quv – tarbiya jihatidan yaxshi ta‟sir ko„rsatishi mumkin, lekin imkoniyati
bor joyda masala va mashqlardan ko„proq foydalanish juda o„rinli hisoblanadi.
Odam va uning salomatligidan foydalaniladigan masala va mashqlar qo„llash
usuliga qarab uch guruhga ajaratiladi:
Sinfda barcha o„quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar.
O„z bilimini odam va uning salomatligi kursidan chuqurlashtirish uchun harakat
qilayotgan va o„zlashtirish darajasi yuqori bo„lgan o„quvchilar
bilan birgalikda
bajariladigan masala va mashqlar.
Biologiya bilan alohida qiziqadigan o„quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg„ulotlarda va
fakul‟tativ mashg„ulotlarda individual ravishda qo„llanila-digan murakkab masala va
mashqlardir.