Qish
Dekabr
Yanvar
Fevral
Sh’er
(Fasl rangi
havo rangda)
|
Bahor
Mart
Aprel
May
Sher
(Fasl rangi pushti rangda)
|
Yoz
Iyun
Iyul
Avgust
Sher
(Fasl rangi yam-yashil rang)
|
Kuz
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Sher
(Fasl rangi sariq rang)
|
O’quvchilarni baholash: Olingan natijalarga ko’ra o’quvchilarning hammasi baholanadi
Uyga topshiriq: O’tilgan mavzuni qaytarib, buyruqlar bajarishda yordamchi klavishlar vazifasini qaytarib kelish.
Mavzu: Hujjatni formatlash
Dars maqsadi:
O‘quvchilarda hujjatlarni tahrir qilish va formatlash ko‘nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar:
Matnni tahrir qilish, blok, shrift formati, abzas formati.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘quvchilar avvalgi darslarda blok tushunchasi va hujjatni tahrir etish bilan tanishishdi. Ma’lumki, matnni formatlashda blok ajratish zarurdir. Shuning uchun mavzuni blok tushunchasini takrorlash bilan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu darsda o‘quvchilarga hujjatlarni formatlashda Format menyusining bo‘limlarini to‘g‘ri tanlay olish, shrift va abzas formatlari qaysi matnni xususiyatlariga ta’sir etishi avvaldan tayyorlangan amaliy mashqlar asosida tushuntiriladi. Mavzuni tushuntirish jarayonida o‘quvchilar e’tiborini quyidagilarga qaratish lozim:
Matndagi shriftning (so‘zning, gapning, satrning, abzasning, matnning) rangi, chizma ko‘rinishi, o‘lchami, yozuv shakli kabi xususiyatlari Format menyusidan Shrift ( ) bo‘limidan tanlanadi.
Matndagi shriftning (so‘zning, gapning, satrning, abzasning, matnning) rangi, chizma ko‘rinishi, o‘lchami, yozuv shakli FORMATLASH uskunalar panelidan tanlanadi.
Abzasning kengligi, sahifada tekislanish usuli (chap yoki o‘ng chegara, markazga tomon va sahifa kengligi bo‘yicha), abzasning bosh satri va keyingi satrlarning chap va o‘ng hoshiyadan chekinishi, intervali (satrlar orasining kengligi) Format menyusidan Abzas ( ) bo‘limidan tanlanadi.
Abzasning kengligi, sahifada tekislanish usuli (chap yoki o‘ng chegara, markazga tomon va sahifa kengligi bo‘yicha), abzasning bosh satri va keyingi satrlarning chap va o‘ng hoshiyadan chekinishi, intervali (satrlar orasining kengligi) FORMATLASH uskunalar panelidan tanlanadi.
Agar FORMATLASH uskunalar panelida ba’zi amallar yo’q bo‘lsa, ularni darsdan avval o‘rnatish zarur.
O‘quvchilarga ko‘rsatiladigan mashqlarga misollar:
Yozilishi
|
Formatlangandan keyin
|
Matndagi shriftning rangi, chizma ko‘rinishi, o‘lchami, yozuv shakli quyidagicha tanlanadi
|
Matndagi shriftning rangi, chizma ko‘rinishi, o‘lchami, yozuv shakli quyidagicha tanlanadi
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
Yangi yilingiz bilan!
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |