Ona tili
1.
Saboq olib diyonatdan,
Ezgu ishdan, matonatdan,
Qochib mudom xiyonatdan,
Asragaymiz biz Vatanni
Ushbu she’riy parchada holning nechta ma’no turi
ishtirok etgan?
A) 4 B) 3 C) 2 D) 1
2. Qaysi qatorda shakl yasovchi qo’shimchalar
Bilan omonimlik hosil qila oladigan ravish yasovchi
qo’shimchalar berilgan?
A) –in, -ma, -an B) –larcha, -in, -chak
C) –siz, -cha, -viy D) –siz, -lab, -larcha
3. Kumush qishdan, zumrad bahordan,
qolishmaydi kuzning ziynati. Berilgan gapdagi tobe bog’lanishlar sonini aniqlang.
A) 7 B) 5 C) 6 D) 4
4. Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondan
kafan. Berilgan ergash gapli qo’shma gapning
turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo’shma gap
B) kesim ergash gapli qo’shma gap
C) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
5. Anvar boyagi uy eshigining tutqichini ushlab
itarib ko’rdi. Ushbu gapdagi ko’makchi morfemalar haqidagi noto’g’ri fikrlarni aniqlang.
1) So‘z yasovchi qo‘shimchalar
ismlar guruhiga
kiruvchi so‘z turkumlariga qo'shilib yangi so‘z yasagan.
2) Shakldoshlik xususiyatiga ega 2 ta so‘z yasovchi morfema mavjud.
3) Tarkibida 3 ta shakl yasovchi qo‘shimcha mavjud so‘z
qatnashgan.
4) So‘z yasovchi qo'shimchalar ismlar guruhiga mansub so'zlarni yasagan.
A) 1, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 2
6. Qaysi gapda ikki xil gap bo‘lagi fonetik
o‘zgarishga uchragan?
A) Jamiyatning eng kichik negizi bo‘lgan oila
boshlig‘ining zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilgan
B) Yaxshi niyat seni haqiqatga boshlaydigan
muhim dastur ekanligini bilishingni istayman.
C) Quruq nasihat o‘z nafsini yengolmagan ojiz
kishiga kor qilmaydi.
D) Hayotda pokiza yashashni istaganlar
o'tganlardan ibrat olishi, bunday yomon yo‘llardan saqlanishi lozim .
7. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim
bo‘lishdi. Mazkur gapda fe’lning otga xoslangan
vazifa shakli qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) hol C) ega D) kesim
8. Seni xudo bergan menga, mening xalqimga,
Bandalari yo‘qotolmas, tortib ololmas,
Seni xato baholagan - kulgi har kimga,
Senga
ola qarabdi kim, ko‘r bo’lmay qolmas.
Ushbu she’riy parchada fonetik hodisaga uchragan
olmoshlar sonini aniqlang.
A) 1 t a B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta
9. Qaysi gapda olmosh fonetik o‘zgarishga
uchragan?
A) Har kim o‘z og’zining qorovuli bo‘lsa, uning
nafasi hech qachonbo‘g’ilmaydi.
B) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u
o‘z maqsadlarigaoson erishadi.
C) Nima ro‘zg’orga kerak bo’lsa, dadam o’shani
bozordan keltiraverar edi.
D) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa,
unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi
10. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli
birikmalarni aniqlang.
A)
qarzini uzmoq, diqqatini bo‘lmoq
B) qattiq ranjimoq, kitob o‘qimoq
C) daraxtning ko‘zi, bolaning tishi
D) shirali ovoz, po‘lat iroda
11. Sharob ichishni odat qilmaki, u behushlik va
g‘ofillikka
olib boradi, har doim bu odatdan
qutilishga harakat qil. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar sonini aniqlang.
A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta
12. Qiz hozirgina o‘zi tanishgan qush bilan
so'zlashmoqchi bo‘ldi: - Turnajon, turnajon! Bu
yerda nima qilib turibsan? Kechagi turnalar ichida
sen ham bormiding? Menga aytib ber-chi, qayerdan kelib qolding? Ushbu matnda ravishning qaysi ma’no turi
qatnashmagan?
A) holat,o‘rin,
maqsad-sabab, daraja-miqdor
B) holat,o‘rin,payt,daraja- miqdor
C) holat, maqsad-sabab, daraja- miqdor
D) holat, o‘rin, maqsad-sabab
13. Qaysi so‘zlarda so'zga yangi ma’no beruvchi
ikkita qo‘shimcha ishtirok etgan?
1) tunamoq; 2) asabiylashtirmoq; 3) umumiylikda;
4) shildiroq; 5) yasovchi.
A) 2,3,4 B) 1,4,5 C) 2,3 D) 2,4,5
14. Quyidagi qaysi so‘zning paronimi ikki xil so‘z
turkumi doirasida omonim bo‘la oladi?
A) shox B) yod C) yoz D) boq
15. Bu bog‘da qushlarning chug‘ur-chug‘uri
eshitilmasdi Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak
vazifasini bajara olmaydi?
A) 4 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta