MAKTAB DARSLIKLARI TAHLILI
Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha. Maktab biologiya kursini o’qitishda qo’llaniladigan vositalar orasida darslik alohida o’rin tutadi. Darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai hisoblanadi. Har bir darslik o’quv qo’llanmadan farqli ravishda o’quv dasturi asosida yoziladi. O’qitishning maqsadi va vazifalariga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi.
2.Maktab darsligigi qo’yilgan asosiy talablar.
1. maktab darsligi ilmiy bo’lishi, ya’ni fanning rivojlanishini, so’ngra yutuklarini o’zida ifoda etmog’i;
2. u o’quvchilar uchun tushunarli, ya’ni ularning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi;
3. darslik o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishi, unda har bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar, topshiriqlar, savollar o’rin olmog’i;
4. darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o’stirishga qaratilgan bo’lishi;
5. darslik milliy istiqlol mafkurasini o’quvchilar ongiga singdirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi;
6.darslik mahalliy sharoitda keng tarqalgan o’simliklar, hayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi, hayot faoliyati yoritishi;
7. darslik o’quvchi salomatligini saqlashga qaratilishi;
8. tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanishga o’quvchilarni o’rgatishga qaratilishi kerak.
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi.
Hozirgi vaqtda respublikamiz maktablarida botanika 5-6 sinflarda o’qitiladi. Uning asosiy maqsadi o’simliklar dunyosining xilma xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, xayot faoliyati, tabiat va inson tutgan o’rni bilan o’quvchilarni tanishtirishdan iborat.
5 sinfda 34 soat, 6 sinfda 68 soat xajmda o’quvchilarga botaniq bilimlarni berish ko’zda tutilgan. Maktablarda qo’llanilayotgan 5 sinf botanika darsligi 95 sahifadan iborat bo’lib, 64 rangli rasmlar bilan bezatilgan. U 6 bobdan, 32 paragrafdan tashkil topgan.
6-sinf botanika darsligi 142 ta sahifadan iborat. Unda muqaddima va 52 paragraf, 85 ta rangli rasmlar mavjud. Darslik yuqori sifatli oq qog’ozga chop etilgan va chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Har bir paragrafda botanika atamalar, o’simliklarning nomlari, rangli harflar bilan ajratib berilgan. Matnlar o’quvchilarga mos tushunarli qilib bayon etilgan
Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bo’lib, u 9 боб, 200 sahifadan, 61 paragrafdan iborat. Unda 121 ta rangli rasmlar bor. Har bir paragraf so’ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan. Darslikda bilimlar berish bilan o’quvchilarning ko’nikma, malakalarini shakllantirishga ham e’tibor qilingan.
8-sinf Odam va uning salomatligi. Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga mo’ljallangan o’quv dasturi asosida yozilgan. U XV bobdan, 55 paragrafdan tashkil topgan.
9 -sinf biologiya darsligi. Darslikning asosiy bo’limlari organik olamning xilma-xilligi, sitologiya asoslari, organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika, seleksiya asoslari hisoblanadi. Darslik 14 bobdan 64 paragrafdan tashkil topgan.
Odam, hayvon va o’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’pchilik kasalliklarning qo’zg’atuvchilari oddiy mikroskopda ko’rinmaydi. Shuning uchun L. Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo’lgan ma’lum mikroorganizmlar sababchi bo’ladi deb taxmin qilgan edi. N. F. Gamaleya (1886) bilan D. I. Ivanovskiylarning (1892) ilmiy ishlari o’simlik va hayvonlardagi viruslarni o’rganishga asos solgan bo’lsa, sovet olimlari virusli kasalliklarni o’rganish sohasida katta va samarali ish qildilar. Hozirgi paytda hayvon, odam va o’simliklarning yuqumli kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning 600 dan ortiq turi ma’lum.
Viruslarning umumiy harakteristikasi: viruslar asosan maxsus filtrdan o’tuvchi mikroblar klassiga kiradi va ular uchun qo’yidagi xususiyatlar hosdir:
1. Juda ham kichik bo’lib, (7—20 mμ dan — 250—300 mμ gacha) oddiy mikroskopda ko’rinmaydi.
2. Fil’trlanish, ya’ni bakteriyalarni to’tib qoladigan filtrlardan bemalol o’tadi.
3. Sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi.
4. Parazit (tirik to’qima hujayrasida rivojlanadi va o’zida moddalar almashinuvi bo’lmaydi).
5. Tovuq embrionida va rivojlanuvchi to’qimali kulturalarda rivojlanadi.
Viruslarning tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, spermatozoidsimon va ipsimon shakli elektron mikroskop va ultramikrotom yordamida yaqqol ko’rinadi, lekin tashqi ta’sirotda ularning shakli o’zgaradi.
Elementar zarrachalar. Maxsus bo’yash usullari bilan ayrim viruslarni oddiy mikroskopda ko’rish mumkin. Bunday viruslarga elementar zarrachalar yoki tanachalar deyiladi. Masalan, tovuqlar chechak kasalligining Borrel tanachasi, odam chechak kasalligining Guarnieri tanachasi, Pashen tanachasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ushbu zarrachalarni ko’rish uchun surtma preparat tayyorlanib, Romanovskiy — Gimza yoki Gertsberg usullari bilan bo’yaladi va mikroskop ostida immersion sistema, bilan tekshirganda ular qora, tuqbiiafsha yoki kung’ir rangli koqklarga o’xshash ko’rinib, yakka-yakka yoki to’p-to’p holatda joylashgan bo’ladilar.
Turli viruslar batafsil o’rganilgandan so’ng, ularning murakkab to’zilganligi aniqlandi. Juda ham kichik bo’lishiga qaramay, har qaysi virus zarrachasi tashqi tomondan ichki moddalarini saqlab turadigan parda bilan o’ralgandir. Viruslar asosan nukleoproteidlardan tuzilgan bo’lib, tarkibida oqsillarning karbon suvlari va yoglari bo’ladi. Nukleproteidlar tarkibida nuklein kislotalarinnng bo’lishi, viruslarda uzak moddasining borligidan dalolat beradi. Keyingi paytlarda ayrim viruslarda ferment borligi aniqlangan. Masalan, gripp virusida neyroamilidaza, chuchqalarnnng inflyuentsiya kasalligida mutsinaza va boshqalar bo’ladi.
Viruslarning rivojlanishi. Viruslar sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi. Ularni tovuq embrionida rivojlanuvchi to’qima kulturalarida va sezgi, ya’ni virusga moyil organizmda rivojlantirish mumkin. Buning uchun 8—12 kunlik tovuq embrioni olinadi, virus uning xoriollantiois pardasiga allantiois va amnion bo’shliqlariga hamda tuxum sarigi xaltachasiga yuboriladi. Virusning sezgir hujayraga ta’siri 5 davrga bo’linadi: 1. Adsorbtsiya, bunda virus zarrachalari hujayra po’stlogiga shimiladi. 2. Hujayra ichiga kiradi. 3. Virus zarrachasining asosiy qismlari sintezlanadi. 4. Bir bo’tun virus zarrachasi tashkil qilinadi. 5. Hosil bo’lgan viruslarning zarrachalari hujayradan ajralib chiqadi. Ko’pchilik kasallik qo’zg’atuvchi viruslar tovuq embrionida rivojlantirilib, ulardan itlarning o’latiga, tovuqlarning nyukasl kasalligiga, odam va parrandalarning chechak, qoramollarning o’lat kasalliklari va boshqalarga vaktsinalar tayyorlanadi.
Viruslarni rivojlantirish uchun ikki xil to’qima kulturasi qo’llaniladi: 1. Tirik — rivojlanmaydigan to’qima kulturasi, bunda moddalar almashinish protsessi bo’ladi, hujayralar o’sib ko’paymaydi. Bunday muhitlar asosan viruslarni rivojlantirib, ulardan vaktsina tayyorlashda qo’llaniladi. 2. Rivojlanuvchi to’qimalar kulturasi. Bulardan eng muhimi bir qavatli to’qima hosil qiluvchi kulturadir: hayvon embrioni yangi tug’ilgan buzoq, ko’zi, cho’chqa bolasining buyragi va 8—10 kunlik tovuq embrionining teri-muskul to’qimasi 1—2 mm dan qilib maydalanib, ularga tripsin, versen kabi ferment ta’sir etganda alohida hujayralarga ajraladi. Ajralgan hujayralarni ma’lum miqdorda maxsus muhitga aralashtirib neytral reaktsiyali probirkalarga qo’yilsa, hujayralar shisha devoriga yopishib, asta-sekin rivojlana boshlaydi va natijada bir qavatli to’qima hosil bo’ladi. Bu to’qima birinchi hosil bo’lgan bir qavatli to’qima kulturasi deyiladi. Bundan tashqari, ushbu to’qimadan tayyorlangan subkultura (har qanday birinchi hosil bo’lgan bir qavatli to’qima kulturasidan 4—5, ayrim vaqtlarda 20 martagacha ko’chirilib, yangi bir qavatli to’qima hosil qiluvchi kultura), uzluksiz kuchiriluvchi bir qavatli to’qima kulturasi (bu ma’lum sharoitda va maxsus muhitda tanlangan hujayralardan hosil qilingan bir qavatli to’qimani uzluksiz ko’chirib ekib olinadi) va diploidli to’qima (buni tayyorlashda tarkibida bir juft xromosomalari bo’lgan hujayralar qatnashadi, bunday to’qimani 50 martagacha ko’chirib ekish mumkin) hosil qilinadi.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |