I. Kichik ajdodlar — ajdod (sinl)chalar
1. Magnoliyakabilar Magnoliidae
2. Ayiqtovonkabilar — Ranunculidae
3. Chinnigulkabilar Caryophyllidae
4. Temir daraxtkabilar — Hamarnelilidae
5. Dilleniyakabilar — Dilleniidae
6. Ra `nokabilar Rosidae
7. Yalpizkabilar (Labgullilar) — Lamidae
8 Qoqio `tkabilar (Murakkabgullilar) — Asteridae.
Ajdod (sinf). Bir urug`pallalilar — Liliopsida yoki Monocotyledones.
II. Kichik ajdodlar — ajdod (sinf)chalar
9. Bulduruqo `tkabilar — Alisrnatidae
10. Triuriskabilar — Triurididae
11. Lolakabilar — Liliidae
12. Palmakabilar — Arecidae.
Laboratoriya mashg`uloti №1
Mavzu: Yo`sintоifа bo`limi. Oddiy marshansiya va kakku zig`irining tuzilishi bilan tanishish;
Bo`lim: Yo`sintоifа – Bryophyta;
Ajdod (sinf): Jigarsimon yo`sinlar – Hepaticopsida;
Tartib (qabila): Marshansiyalar – Marchantiales;
Oila: Marshansiyadoshlar – Marchantiaceae;
Tur: Oddiy marshansiya – Marchantia polymorpha;
Maqsad: Yo`sintоifа bo`limi. Jigаrsimоn mохlаr sinfi. Marshansiyalar tartibiga mansub marshansiya moxining tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Mikroskop, lupa, laboratoriya jihozlari, pinset, lanset, buyum va qoplag`ich oyna, marshansiyaning tirik fiksirlangan yoki gerbariy materiallari.
Nazariy tushuncha: Yo`sintoifa (moxsimonlar) bo`limi - Bryophyta
Bu bo`lim 35000 turni o`z ichiga oladi. Ular sodda tuzilishga ega bo`lgan ildizsiz yuksak o`simliklardir. Ularni tuban vakillari yer bag`irlab tallom yoki qattana hosil qilib o`sadigan o`simliklar bo`lsa, ba`zi biri murakkabroq tuzilishga ega bo`lib, tanasi rosmana poya va barglarga ajralgan. Yo`sinsimonlarni ko`payishida nasllarning, gallanshi yaqqol namoyon bo`ladi. Jinsiy nasl gametofit bularlda ustun hisoblanib, jinssiz nasl sporofit esa kam taraqqiy etganliga bilan farqlanadi. Shunday bo`lishiga qaramay ular bir - biri bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanadi, Bu bo`lim ikkita sinfga bo`linadi: Jigarsimon Yo`sinlar –Hepaticopsida; Poya bargli Yo`sinlar – Briopsida;
Jigarsimon yo`sinlar sinfiga kiruvchi o`simliklarning gametofiti dorzoventral (qorin – yelka) tuzilishga ega, ya`ni ustki va ostki tomoni bir - biridan farq qiladi. Tallomlarning shakllari bargsimon tuzilishda bo`lib, bargni eslatadi. Jinssiz nasli sporogoniy banddan va ichki sporalar bilan hosil bo`ladigan prujinachalar yoki elateralardan tashkil topgan ko`sakchadan iborat.
Bu sinf 4 ta tartibga bo`linadi: Marshansiyalar - Marchantiales, Yungermaniyalar – Jungermaniales, Sferokarpiyalar – Sphaerocorpales, Antoseroslar – Anthocerotales. Sinf uchuy xos bo`lgan tartib – Marshansiyalar bilan tanishamiz.
Bu tartibga yer bag`irlab o`suvchi, tallomi dixotomik ravishda shoxlangan va dorzoventral tuzilishga ega bo`lgan yo`sinlar to`dasi kiradi. Ular 12 ta oilaga ajratilib o`rganiladi. Tartibning tipik vakillari sifatida Marshansiyadoshlar oilasidan (Marchantiaceae) oddiy marshansiyani ko`rib chiqamiz.
Oddiy marshansiya – Marchantia polymorpha o`ta zax joylarda, bo`loqlarni atroflarida, sharsharalarni quyi qismlarida, daryo va ko`llarni qirgoqlarida, o`rmonlarda va shuningdek botqoqliklarda uchraydi. U yer bag`irlab o`sadigan serbargina dixotomik ravishda shoxlangan tallomdan iborat. Shoxlangan har bir tallomi uchida kichgina o`yiq yoki chuqurchalar bo`lib, shu joyda tallomning o`sish nuqtasi bo`ladi. Tallom shu yerdan o`sadi va shoxlanadi. Tallomning ostki tomonida ikki xil oddiy va tilsimon rizoidlar bo`ladi. Ularning vazifasi tallomni tuproqqa biriktirib turish va zarur bo`lgan oziq moddalarni o`tkazishdan iborat bo`ladi. Ulardan tashqari tallomning ostki tomonida yana to`q binafsha rangli qorin tangachalari (amrigastriyalar) bir qavat bo`lib joylashgan. Bularl boshlangich (embrional) holdagi barg hisoblanadi. Tallom ustki va ostki epidermis tagidan bir qavat joylashgan havo bo`shliqlari, ularni tubdan bir necha xlorofil donachalariga ega bo`lgan hujayralari joylashgan. Har bir havo bo`shliqlarida bittadan ustitsa (og`izcha) o`rin olgan. Ular birgalikda xavo bilan tutashgan bo`ladi. Bularldan tashqari, tallomni asosiy qatlamini tashqil etadigan parenxima hujayralari bo`lib, ularda kraxmal yig`iladi. Ostki epidermisdan esa rizoidlar vujudga keladi.
Marshansiya vegetativ yo`l bilan ko`payganda, tallomni ustki yuzasida mayda dumaloq savatchalar hosil bo`ladi. Savatchalarni ichki tomonining pastki yuzasida ko`payish ko`rtaklari joy olgan. Kurtaklar yomg`ir tomchilarining qattiq ta`sir etish natijasida, savatchalardan ajralib qulay sharoitda tushganda, o`sib yangi tallomlar hosil qiladi.
Jinsiy yo`l bilan kupayishi, bahor oylarining oxiriga to`g`ri keladi. Bu vaqtda tallomda alohida antirediyli va arxegoniyli tirgovuchlar yetishadi. Antirediyli tirgovchi ikki qismdan ya`ni cheti qisman bo`laklarda ajralgan lappak va banddan iborat. Lappak qismi bir nechta oval bo`shliklardan iborat bo`lib, bu - anteredial bushliqlardir. Ularning har birida bittadan anteridiy bor. Anteridiy ellipsimon tuzilishga ega bo`lib, kalta banddan iborat. Ikki xivchinli spermatozoidlar ana shu anteridiydagi spermogen hujayralaridan hosil bo`lib, keyinchalik tashqariga chiqadi.
Arxegoniyli tirgovich shaklan ko`p shu`lali yulduzchaga o`xshab tanacha va banddan iborat. Axegoniylar tirgovuchning pastki tomonida yulduzcha shulalari orasida joy olgan. Har bir arxegoniyni tuzilishi kolbaga o`xshagan bo`lib, qavarib turgan pastki qismida yani qorinchada tuxum hujayra yetiladi.
Uning ustki tor qismi ingichkalashib bo`yinchani hosil qiladi. Bo`yinchadan kanal o`tadi. Arxegoniylar perixetsiya degan maxsus qoplag`ich bilan o`ralgan holda to`da-to`da bo`lib ularni bo`yin qismi pastga qaragan bo`ladi. Har bir arxegoniy yana alohida periantsiy deb ataluvchi qavat bilan himoyalangan, Arxegoniy yetilgan vaqtda, bo`yin qismini uchi ochiladi va undagi kanalcha hujayralari shilimshiq modda ishlab chiqarib, kanalning ichini to`ldiradi. Ana shu vaqtda anteridiyda yetilgan ikki xivchinli spermatozoidlar tashqariga chiqib, suv tomchilari bilan arxegoniylarga kelib tushadi. Kelib tushgan sperimatozoidlar kanal orqali tuxum hujayraga yetib kelib qo`shiladi va natijada otalanish sodir bo`ladi. Otalangan tuxum hujayradan jinssiz nasl sporogoniy hosil bo`ladi. Yetilgan sporogoniy qisqa band va ko`sakchadan iboratdir. Ko`sakchada gaploid to`plamga ega bo`lgan sporalar bilan prujinachalar yoki elateralar rivojlanadi. Sporalar yetilgandan so`ng ko`sakcha yuqori tomonidan yoriladi va bir necha spora va prujinachalar tashqariga sochiladi. Sporalarni tarqalishta asosan prujinachalar yordam beradi. Spora qulay sharoitga tushgandan keyin o`sa boshlaydi. Dastlab u protonema ipini, keyinchalik plastinkachaga aylanib, yangi marshansiya o`simligi tallomini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |