Ishni rasmiylashtirishga oid topshiriqlar: Lishаyniklаrning tаnа shаkllаri va ulаr tаnаsining аnаtоmik tuzilishi rаsmlаri dаftаrgа chizilаdi.
Nazorat savollari
1. Lishаynik qanday kоmpоnеntlаrdаn tuzilgаn?
2. Simbiоz nimа?
3. Lishаyniklаr qanday jоylаrdа hаyot kеchirаdi?
4. Lishаyniklаrning оziqlаnishi аytib bеring?
5. Lishаyniklаr qanday usulda ko`pаyadi?
6. Lishayniklar qanday belgilari asosida klassifikatsiyalanadi?
7. Kladoniya va paremiya qanday tallomga ega?
8. Lishayniklar qanday xo`jalik ahamiyatga ega?
5 Adabiyotlar: 4 (364-391 bet), 5 (159-161 bet), 7 (297-303 bet), 8 (120-122 bet), 11 (49-54 bet), 12 (134-141 bet), 14 (75-79 bet), 16 (273-276 bet).
(IV semester uchun Laboratoriya mashg`uloti mavzulari)
YUKSAK O`SIMLIKLAR – CORMOBIONTA
Yuksak o`simliklar asosan quruqlikda yashashga moslashgan o`simliklardir. Shu moslanish tufayli ularning tanalari murakkab tuzulishga ega bo`lib, alohida organlar ildiz, poya va bargga bo`lingan. Yuksak o`simliklar ana shu xususiyatlari bilan tuban o`simliklardan katta farq qiladi. Lekin bu o`simliklar orasida ham tanasi alohida organlarga ajralmagan o`simliklar guruhi bo`lib, ularda hali ildiz taraqqiy etmagan. Bunday o`simliklarda ildiz vazifasini ingichka ipsimon tuzulishga ega bo`lgan bir hujayrali tanachalar (rizoiddar) bajaradi (masalan yo`sinsimonlarda).
Hozirda yuksak o`simliklar dunyochasi (kichik dunyosi) 300 000 dan ortiq turni o`z ichiga oluvchi 9 ta bo`limga ajratiladi.
1. Riniyatoifalar — Rhyniophyla
2. Zosterofiltofalar — Zosterophyllophyta
3. Yosintoifalar — Bryophyta
4. Plauntofalar — Lycopodiophyta
5. Psilottoifalar —Psilotophyta
6. Qirqbo `g`imtofalar — Equisetophyta
7. Qirqquloqtoifalar — Polypodiophyta
8. Qarag `aytoifalar (ochiq urug `lilar) – Gymnospermae
9. Magnoliyatoifar (yopiq urug `lilar) – Magnoliophyta yoki Angyospermae.
Oxirgi ikki bo`limni urug`li o`simliklar, qolganlari yuksak sporali o`simliklar ham deyiladi. Bu bo`limlarga kiruvchi o`simliklarning hayotiy rivojlanish davrida nasllar gallanishi kuzatiladi ya`ni gametofit (n) va sporofit (2n) nasllarining o`zaro almashinib turishi ko`riladi. Gametofit nasl faqat yo`sinsimonlardagina ustunlik qilsa, qolgan yuksak o`simliklar bo`limlarida sporofit nasl hukumronlik qiladi.
Akadernik A. L.Taxtadjyan klassifikatsiyasi bo`yicha Magnoliyatoifalar ikkita ikki urug`pallali va bir urug`pallali ajdodlarga (sinflar) bo`linadi. Bu sinflar, o`z navbatida ajdodcha (sinfcha)larga ajraladi.
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar yoki ikki urug`pallallar — Magnoliopsida yoki Dikotyledones.
Do'stlaringiz bilan baham: |