11 –rasm. Transpiratsiya jadalligini o‘rganishda ishlatiladigan tarzion tarozi
Agar tarozi stol ustida to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, uning shtativida joylashtirilgan havo pufagi (1) markaziy chiziqda joylashishi kerak. Agar havo pufagi markaziy chiziqdan chetga chiqib qolsa, uni markazga keltirish va shu bilan tarozini aniq gorizontal o‘rnatish uchun shtativning ikki tomonidagi vintlar (2) asta- sekin buraladi.
Vazni o‘lchanadigan barg kesmasi tarozining o‘ng tomonidagi quticha (3) ichidagi palla (4) ga o‘rnatiladi. Arretir dastasi (5) o‘ng tomonga suriladi. Shu vaqtda tarozi ishga tushishi bilan sifirblat (6) ning pastki tomondagi strelka (7) chapga siljiydi. Buyum vaznini ko‘rsatadigan strelka (8) dasta (9) yordamida o‘ngdan chapga tomon harakatlantirilganda, chap tomonga siljigan strelka (7) chizig‘i (10) gacha olib kelinadi. Strelka (8) ning ko‘rsatishiga qarab, shkala (11) dan buyumning vazni topiladi.
Ish A.A. Ivanov (1950) uslubi bo`yicha bajariladi. Traspiratsiya jadalligi torzion tarozi yordamida barglarni tezlik bilan tortish yo`li orqali aniqlanadi. Bunda kun davomida, har 2 soatda (takrorlanishi 2-3 marta), ya`ni ertalabki soat 8:00 dan kechqurungi soat 20:00 gacha o`simlik bargining dastlabki og`irligi. So`ngra 3 minutdan keyingi og`irligi tortiladi va daftarga yozib olinadi hamda og`irligi ma`lum bo`lgan bu barg raqamlangan qog`oz qopchalarga solinadi. Har 2 soatda bargni tortishdan avval havo harorati va havoning nisbiy namligi rasman psixrometri orqali o`lchanib turiladi va ko`rsatkichlar daftarga yozib boriladi. Ishning oxirida raqamlangan qopchalarga solingan o`simlik barglari termostatda 105ºC da og`irligi o`zgarmagunga qadar quritiladi va quritilgandan keyingi og`irligi ham tortiladi (namunadagi suvning miqdori aniqlanadi). Og`irligi yana daftarga yozib olinadi va quyida keltirilgan formula asosida traspiratsiya jadalligi hisoblanadi, jadval to`ldiriladi, xulosa qilish bilan ish yakunlanadi.
U= 1000.a
----------
b
Bu yerda: a-tajribada qo‘llanilgan barg kesmalarining 3 minut davomida bug‘latgan suv miqdori, gramm hisobida;
b- o‘rganilgan doirachalarning umumiy sathi, sm2 hisobida;
1000 sm2 – bu m2ga aylantirish koeffisiyenti.
Jadval
O‘simliklar nomi
|
Barg doiralarining
umumiy sathi
(sm 2)
|
Doiralarning
vazni
(g)
|
3 minut davomida doiralardan bug‘langan suv (g)
|
Transpiratsiya jadalligi
(g /s/ m 2)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
O‘rtacha
|
|
o‘lchashda
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Transpiratsiya jarayonida yo‘qotilgan suv miqdorini aniqlash uchun to‘qimaning dastlabki vaznidan keyingi vaznini ayirib olingan son birinchi katakka yoziladi. Keyingi 3 minutda yo‘qotilgan suvning vaznini aniqlash uchun shu keyingi vazndan ayriladi va ikkinchi katakchaga yoziladi. Aniqlangan to‘rtta katakchalardagi sonlarni qo‘shib, 4 ga bo‘linsa, o‘rtacha son kelib chiqadi. Bu o‘rtacha songa va barglar yuzasiga ko‘ra transpiratsiya jadalligi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |