b) Axillov refleksini hosil qilish.
Ishni bajarish tartibi. Sinaluvchi kishi stulda tizzalab o‘tiradi; har ikkala oyoq kaftlari esa osilib turadi. Pay reflekslari tekshiriladigan bolg‘acha bilan Axillov payiga sekin urilsa, oyoq kafti to‘piqdan yoziladi. Bu hodisa boldirning uch boshli muskuli qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Buni ikkinchi oyoqda ham sinab ko‘rilib, har ikkala oyoq reflekslari qiyoslanadi. Bu refleks reflektor yoyining markaziy neyronlari orqa miyaning 1–2 dumg‘aza segmentlari balandligida joylashgan. Tajribada sinab ko‘rilgan reflekslarga quyidagicha sxema shaklida ta`rif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |