Nazorat savollar.
YUrakning gumoral yo`l bilan boshqarilishi qanday amalga oshiriladi ?
Adrenalin yurakka qanday ta`sir ko`rsatadi ?
Asetilxolin yurak faoliyatida qanday ta`sir ko`rsatadi ?
MIKROSKOP OSTIDA QON HARAKATINI KUZATISH
Ishdan maqsad: mayda arteriyalar, venalar va kapilyarlar tomirlarda qon oqish jarayonini kuzatish.
Nazariy tushuncha. YUrak ish bajarishi natijasida arteriyalar bilan venalarda yuzaga keladigan qon bosimi qonning tomirlarda harakat qilishiga olib keladi. Qon tomirlar tuzilishi va vazifa-siga ko`ra arteriyalar, kapillyarlar va venalarga bo`linadi, bu haqda shu bobning kirish qismida qisqacha izoh berilgan.
Arteriyalarda qon katta bosim ostida va tez oqadi. Odamda qon aorta eng katta tezlik bilan oqadi, ya`ni u 500 mm\sek ga teng; arteriyalarda esa – 20 – 250 mm\sek, arteriolalarda – 5 mm\sek, kapillyarlarda – 0,5 mm\sek, kovak venalarda – 200 mm\sek tezlik bilan oqadi.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa, mikroskop, teshigi bor taxtacha, shisha qalpoq, pinsetlar, qaychilar, shisha ilgak, zond, to`g`nag`ich ninalar, efir, Ringer eritmasi, ko`z pipetkasi, adrenalinning 1:10000 nisbatdagi eritmasi, paxta tampon.
Ishni bajarish tartibi. Tajribani baqaga kuchsiz narkoz berib o`tkaziladi. Buning uchun baqani shisha qalpoq tagiga joylashtirib, efir bilan ho`llangan paxta tampon tashlab qo`yiladi. Qachon baqa harakatdan to`xtab karaxt bo`lgandan keyin qorni bilan teshigi bor po`pak taxtacha ustiga olinadi. So`ng keyingi oyoqlaridan birining suzgich pardasi, yaxshisi ikkinchi va uchinchi panjalar o`rtasi, taxtacha teshigi ustiga tortilib to`g`nag`ich ninalar bilan qadab qo`yiladi.
Baqaning suzgich pardasini tarang tortib yubormaslik zarur, aks holda qon oqimi to`xtab qolishi mumkin. SHundan keyin po`pak taxtacha baqasi bilan mikroskop ostiga joylashtiriladi va oldin kichik, so`ng katta ob`ektiv bilan qon harakati kuzatiladi: kichik ob`ektiv ostida arteriya va vena tomirlari topiladi. Ularni odatda qonning rangiga qarab farqlanadi; arteriyalar qonning harakat yo`nalishi bo`yicha shoxlanadi, venalarning tarmoqlari esa, aksincha, qonning harakat yo`nalishi bo`yicha qo`shilishadi, katta ob`ektiv ostida kapillyar tomirlar topiladi, ular odatda o`z diametrlariga ko`ra farqlanib turadi, ya`ni ularning diametri eritrositlar diametriga teng bo`ladi va shuning uchun eritrositlar ularda zanjir shaklida harakatlanadi.Baqaning suzgich pardasiga adrenalin eritmasidan bir tomchi tomizilsa, tomirlar kengligi (diametri) o`zgaradi, buni ham mikroskopda yaxshi kuzatish mumkin.
Baqaning tilidagi qon tomirlarda qon oqishini ham uning shu karaxt holatida kuzatiladi. Til anatomik pinset bilan sekin ushlanib og`iz bo`shlig`idan tashqariga chiqariladi, ninalar yordamida taxtacha teshigi ustiga tortilib qadaladi, so`ng til ustiga bir tomchi fiziologik er
Do'stlaringiz bilan baham: |