Leykositlarni hisoblash.
Ishni bajarish tartibi. Leykositlarni hisoblash uchun aralashtirgichning "0,5" belgisigacha qon so`rib olinadi va metilen ko`ki qo`shilgan sirka kislotaning 5% li eritmasi bilan "11" belgisigacha to`latiladi. Sirka kislota ta`sirida eritrositlar qobig`i parchalanadi, leykositlarning yadrosi metilen ko`ki bilan bo`yalib qolib yaxshiroq ko`rinadigan bo`ladi. So`ng aralashtirgichda qon bir tekisda aralashtiriladi va to`liq gemoliz bo`lguncha 3-5 minut kutiladi. Keyin suyultirilgan qondan qoplagich oyna qo`yilgan Goryaev kamerasining to`ri Mustiga bir tomchi tomiziladi va mikroskop ostida 25 katta kvadratdagi leykositlar sanaladi. 1 mm3 qondagi leykositlar soni quyidagi formula bo`yicha hisoblab chiqariladi: bu erda x-1mm3 qondagi leykositlarning umumiy soni, L-25 ta katta kvadratda yoki 400 ta mayda kvadratdagi leykositlar soni, 4000-mayda kvadrat hajmi, 20-qonni suyultirish darajasi. Normada odamning 1 mm3 qonida 6000-8000 gacha leykosit bo`ladi. eritrosit va leykositlar sonini normadagi bilan solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |