3-ish. Biotoklarni kuzatish:, Mateuchchi tajribasi (xarakat toki).
Muskul va nerv to`qimasining fiziologiyasini birga qo`shib o`rganish qulay. Muskul va nervlarning umumiy fiziologik xususiyatlari quyidagicha:
1.Qo`zg`aluvchanlik–ma`lum kuch bilan ta`sirotga javoban to`qi-maning qo`zg`alish holatiga o`tish qobiliyati.
2.O`tkazuvchanlik–to`qimaning bir qismidan ikkinchi qismiga qo`zg`alishni uzatish qobiliyati.
3.Labillik yoki funksional harakatchanlik–to`qimaning ta`sirotga ma`lum tezlik bilan javob berish qobiliyati.
4.Refrakterlik–to`qima qo`zg`aluvchanligining vaqtinchalik pasaygan holati. Bundan tashqari, yana muskullar o`ziga xos qisqarish xususiyatiga egaki, bunda muskul uzunligi kamayib hajmi o`zgarmagan holda yo`g`onlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |