QORAMOSHOQ karamdoshlar oilasidan, bo`yi 5-15 sm ga etadigan bir
yillik o`simlik. U juda erta (mart oyida) ko`karadi. May oyida qurib qoladi.
Qoramoshoq boshqa o`tlar orasida o`sib, sernam yillari ancha baland bo`ladi.
Uning gektaridan 100-120 kg quruq xashak olish mumkin. Gullash davrining
oxirida va urug`i pishib yetilayotgan davrda vitaminlarga juda boy bo`ladi. Gullash
davrida tarkibida 16% kletchatka va oqsil, 39% karbonsuv bo`ladi. Qoramoshoq
soz va qum tuproqli yerlarda juda ko`p o`sadi, Uni hamma chorva mollari, ayniqsa
qo`y va echkilar xush ko`rib eydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |