__________________________________________________________________________________
www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv
elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar
rivojlanish tarixi eralarga, eralar esa davrlarga, davrlar epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon
tilidagi arxey (arxeis) – eng qadimgi, proterozoy (proteroszoe) – dastlabki hayot, paleozoy (paleozoe) –
qadimgi hayot, mezazoy (mezos) – o‘rta hayot, kaynazoy (kainos) – yangi hayot degan ma’nolarni
bildiradi. Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori harorat
va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik
organizmlar arxey erasida paydo bo‘lgan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli
moddalarning bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganligidan
dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi fotosintezning paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi
organizmlar – prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan. Proterozoy erasi
2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar
hosil bo‘lgan. Bu erada bak teri yalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda ha yot kechi
ruv chi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga – biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa
qismi esa fotosintezni amalga oshirish ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi
oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar
rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar,
bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi. Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi yirik o‘zgarishlarga
ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Bu ular tanasi
oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga bo‘linishini ta’minlaydi.
.IV.Mustahkamlash:
1. Yerning yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi?
2. Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiqlari saqlanib qolmagan?
3. Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: