burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha
rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik
va hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar
to‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada
rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala
www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
(1707–1778) shug‘ullandi (85-rasm). U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi.
Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar
botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va
umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik guruhlari bilan tanishgansiz.
K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Linney
o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U
barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga,
hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi,
qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har
xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan.
Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atrofl icha
o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi. XIX
asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra
nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujayra
nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan.
Mazkur nazariya barcha organizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat
qildi.
Mustaxkamlash:
1. K. Linney ta’limotini gapirib bering.
2. J. Kyuve ta’limotini tushuntirib bering.
3. J. B. Lamark ta’limoti haqida nimalar bilasiz?
4. Umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrion rivojlanishining
dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashligini qanday izohlaysiz?
5. J. Kyuvening paleontologiya sohasidagi ishlari haqida nimalar bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: