Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid
ko’rgazmali qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb
qilib, ishchi muhitini yaratish.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yangi mavzuning bayoni: Genetik rekombinatsiya – bu turli manbalardan
olingan genlarning
yoki genlarning normal biologik almashinuvi natijasida o‘zgargan xromosomaning
hosil bo‘lishi. Yangi DNK molekulasi DNK zanjirining uzilishi yoki birikishi yo‘li bilan rekombinatsiya jarayonida
hosil bo‘ladi. Irsiy axborotning o‘tkazilishi, almashinishi va o‘zgarishining tabiatda turli shakllari bo‘lib, ular yangi
xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlarning paydo bo‘lishi uchun manba
sanaladi. Turli organizmlarning genlarini sun’iy yo‘l bilan birlashtirib, rekombinant DNK olish mumkin. Gen
muhandisligi yoki rekombinant DNK texnologiyasida tajribalar yo‘li bilan bir organizm (donor) irsiy materialini
boshqa organizm (retsipiyent)ga o‘tkazish orqali bu genlarning irsiylanishi ta’minlanadi.
Masalan, mikrobiologiya sanoatida azot fi ksatsiyalovchi genlar kiritish yo‘li bilan o‘simliklar hosildorligini
oshirishda qo‘llaniladigan bakteriya shtam mlari olinadi (bu o‘g‘itlarning ishlatilishini kamaytiradi va atrof-muhit
holatini yaxshilaydi). Hozirgi kunda gen muhandisligi metodlari rekombinant bakteriya shtammlaridan biologik faol
birikmalar, jumladan, gormonlar (insulin, o‘sish gormoni, somatostatin), virusga qarshi preparat – interferon olishda
muvaff aqiyatli qo‘llanilmoqda. Genlarning boshqa organizm genomiga to‘gridan to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazilishi irsiy
nuqsonlarni to‘g‘rilashga imkon beradi. Rekombinant DNK olish yo‘li bilan irsiy kasalliklarni davolash istiqbolli
bo‘lib, bunda bemor
genomiga zararlangan gen o‘rniga normal funksional gen kiritiladi. Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga
oshiriladi:
1. Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga
ega bo‘lgan DNK molekulasi ajratib olinadi.
2. Donor DNKsining zarur geni fermentlar ta’sirida boshqa qismlardan
ajtatib olinadi.
3. Retsipiyent hujayra (qabul qiladigan hujayra)ga biror genni kiritish uchun
mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo‘lmagan DNK molekulasidan
foydalaniladi. Bunday molekula vektor deyiladi.
4. DNK-vektorni donor genini kiritish mumkin bo‘lgan joyidan ferment
yordamida kesiladi.
5. Ajratib olingan gen vektor molekulaga «tikiladi». Rekombinant DNK
hosil qilinadi va klonlanadi. Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi
xo‘jayin retsipiyent hujayrasiga kiritiladi
.
Mustaxkamlash:
1. Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tushuntiring.
2. Plazmidli bakteriya, plazmidsiz bakteriyadan qanday farq qiladi?
3. Rekombinant DNK olish ketma-ketligini gapirib bering.
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |