REJA
1.Biologiyani o’qitishda innovasion texnologiyalar fanini
o’qitishning maqsad va vazifalari.
2. Ta’limda innovasion va texnologik yondashuvning
mazmun-mohiyati.
3. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning dolzarb
muammolari.
4. Biologiya fani o’qituvchisining innovasion faoliyati.
*
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik
demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda
o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish
bo’lib, uni amalgam oshirishda asosan interfaol uslublardan
foydalaniladi.
*
Interfaol
(“Inter”- bu o’zaro, ”ast”- harakat qilmoq) - o’zaro
xarakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida
bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’qitishning
interfaol uslubiyatlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil
etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish
jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan
narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarning
faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
*
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga
oshiriladi.
Bunday pedagogik xamkorlik jarayoni
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib,
ularga:
-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka,mustaqil fikrlash, ijod qilish va
izlanishga majbur etilishi;
- talabalarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini
ta’minlanishi;
- talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga
ijodiy yondashgn holda kuchaytirilishi ;
- pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil
etishlari mumkin.
*
Yangi munosabatlarning o’ziga xos jihati an’anaviy ta’limdagidan
farq qilib, o’quvchi-talabalarning mustaqilligi va o’quv faoliyatini
taqiqlamasdan, balki belgilangan maqsadga yo’naltirish, o’quv
faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, ularni faoliyatga ongli
ravishda yo’llash, biror-bir faoliyatni buyruq orqali amalga
oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o’quvchi-
talabalarda fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini
orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi va imkoniyatlarini
chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.
*
Ta’lim – pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo’lib, o’quvchi-
talaba bilan o’qituvchi (pedagog) ning shaxsga yo’naltirilgan
o’zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo’lgan
pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib
bormoqda.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning psixologik-pedagogik nuqtai
nazardan takomillashuvining asosiy yo’nalishlari quyidagilar bilan
ifodalanadi:
o’quvchi-talabaning yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o’tishi, ya’ni
o’zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga
o’tishi;
o’rtacha o’quvchi-talabaga yo’naltirilganlikdan o’qitishning tabaqalashgan va
individuallashtirilgan dasturlariga o’tish;
o’quvchi-talabaning tashqi motivasiyasidan ichki ma’naviy tartibga o’tish.
Maqsadga yo’naltirilganlik, jarayon
natijalarining tashxisli tekshiruvi o’quv
jarayonining barcha qirralarini qayta
ishlab chiqish davriga mujassamlashtirish
imkonini yaratadi. U asosan o’z ichiga
quyidagilarni oladi:
ta’limda umumiy maqsadning qo’yilishi;
tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o’tish;
o’quvchi-talabalarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
bajariladigan o’quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari bog’lanish asosida zudlik
bilan ta’lim jarayoniga tuzatish kiritish bo’lishi lozim);
natijani baholash.
Umumiy
ko’rinishda pedagogik
texnologiya tarkibiga
quyidagilar kiradi:
identifikasiyalangan o’quv maqsadlarini ishlab
chiqish;
o’quv maqsadlari taksonomiyasi;
o’quv maqsadlarini nazorat (test)
topshiriqlariga aylantirish;
maqsadga erishish usullari;
erishilgan o’quv maqsadlarini baholash.
M.V.Klarin fikri bo’yicha o’qituvchi
(pedagog)lar tomonidan maqsadlarni
belgilashning o’ziga xos usullari
quyidagicha:
1.O’quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni
belgilash.
2.Maqsadni o’qituvchi (pedagog) faoliyati orqali aniqlash.
3.O’quvchi-talabaning intellektual, emosional, shaxsiy
rivojlanish ichki jarayonlari va qonuniyatlari orqali o’quv
maqsadini qo’yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |