18. Gullari shamol yordamida changlanadigan o‘simliklarni belgilang?
A) Bug‘doy, nok B) Arpa, sholi C) Qamish, beda D) Tol, g‘o‘za
19. Mevalar necha qismdan tashkil topgan?
A) Ustki qism, ichki qismdan B) Ustki qism – po‘st, oraliq va ichki qismdan
C) Chin va soxta mevalardan D) Rezavor va quruq mevalardan
20. Ko‘sak mevali o‘simlikni belgilang?
A) Yong ‘oq B) Bodom C) Karam D) Jag‘ – jag‘
Botanika fanidan 5 – sinf test savollari
1. Yer yuzida gulli o ‘simliklar necha oilani tashkil etadi?
A) 150 ta B) 250 ta C) 350 ta D) 553 ta
2. Poyasi yog‘ochlangan, bo‘yi 2 – 3 metrdan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan, sershox ko‘p yillik o‘simliklarning hayotiy shaklini belgilang?
A) Daraxt B) Yarim buta C) Buta D) Ko’p yillik o’tlar
3. Hayotiy shakliga ko‘ra daraxtlarga mansub o‘simlikni belgilang?
A) Limon B) Nastarin C) Anor D) Majnuntol
4. Gulli o‘simliklarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi, daraxt va butalarning yirik, baquvvat, shox – shabba hosil qilishi va uzoq yashashi nimaga bog‘liq?
A) Poyaga B) Ildizga C) Gullari va urug’lariga D) Barglariga
Do'stlaringiz bilan baham: |