Jondor tuman xalq ta’limi bo’limi
Biologiya fani yo’nalishida fan olimpiadalarga o’quvchilarni
tayyorlash bo’yicha
metodik tavsiya
Jondor -2021 -yil
Tuzuvchi:
Maqsud Boboyev - Jondor tuman xalq ta’limi bo’limi tabiiy fanlar metodisti
Taqrizchilar:
S.Qo‘chqorova - Jondor tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 49-umumta’lim maktabning oily toifali biologiya fani o’qituvchisi
Mazkur metodik tavsiya Jondor tuman xalq ta’limi bo’limi tabiiy iqtisodiy fanlar-kengashining 2021-yil ___-sentabrdagi ___-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etilgan.
Kirish
Annotatsiya:
Ushbu metodik tavsiyada o‘quvchilarning biologiya fanidan masalalarni уеchishda bilim ko’nikma va malakasini oshirish, o‘quvchilarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishni tashkil etish, kimyoga oid bo’lgan qoshimcha ma’lumotlarni to’laqonli berish hamda turli xildagi interfaol usullardan foydalanish metodikasi berilgan.
Shu bilan birgalikada tavsiyada fan olimpiadaning besh yillik materiallarini keltirilgan bo’lib, bunda testlar, murakkab masalalar va ularning yechimlari mavjud. Fan o’qituvchilari mazkur tavsiyadan o’z ish faoliyati davomida o’rinli foydalansalar samarali natijaga erishiladi.
Bundan tashqari ushbu metodik tavsiya yosh o’qituvchilar uchun mo’ljallangan.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, faol yoshlarni shakllantirish, o’qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh o’qituvchilarning tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir.
Zamоnaviy teхnоlоgiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning faоlligini оshiradi va shu оrqali ularni chuqur bilim оlishga undaydi. Shuningdek, ularda оlgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi, ularda ijоdiy qоbiliyatlarni rivоjlantiradi hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari sinfdan tashqari tadbirlar ham o‘quvchilarning faоlligini оshiradi mustaqil fikrlashni shakilantiradi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otish, har bir mavzuni amaliy tajribalar yordamida ko‘rsatish katta samara beradi. Darslar shu tarzda tashkil etilsa o‘quvchilarga berilayotgan bilim mohiyatini anglashi va uni o‘zlashtirishi osonlashadi. Dars davomida o‘quvchida mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |