Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 268-sonli umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya uslub birlashmasining yarim yillik hisoboti.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, ma’naviy jihatdan barkamol, ahloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy, mustaqil fikirlaydigan, tashabbuskor, faol yoshlarni shakllantirish, o’qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirsh, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh o’qituvchilarning tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir.
Maktabning asosiy maqsadi davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish xuquqini ro’yobga chiqarish hisoblanadi. Shu maqsaddan kelib chiqib birlashmamizda sog’lom muhit yaratish, pedagog kardlarni to’g’ri tanlash, ularning salohiyati, ijodkorligini oshirish, o’z ustida doimiy ravishda izlanishi, yangiliklarga talpinishini yaxshi yo’lga qo’yish bizning asosiy vazifamizdir.
Sport-bu inson salomatligi eng muhim omildir. Maktabimizda faoliyat ko’rsatayotgan jismoniy tarbiya o’qituvchilari jismoniy tarbiya darslarini imkoniyat darajasida na’munali olib borib, o’quvchilarimizda sportga bo’lgan qiziqish orttirib kelmoqda.
Ustoz o’qituvchilar yosh mutaxassislar darslarini o’rganib, o’z shogirdlariga davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari asosida fanning maqsad va vazifalariga mos bolgan pedagogic texnologiyalar va interfaol metodlarni qo’llash, ko’rgazmali vasitalardan o’rinli, unumli foydalanish, nazariy bilimni amaliyot bilan bog’liq, o’quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o’z bilimi va ite’dodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalash lozimligini uqtirishdi. Ijodkor o’qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil etiladi.
Maktabimizda qo’l to’pi, yengil atletika, basketbol, voleybol,futbol, shaxmat to’garaklari muntazam ishlab turadi. Bu to’garaklarga jami 300 nafar o’quvchilar ishtirok etishadi.
Maktabimizda Umid nihollari sport musobaqasi maktab bosqichi bo’lib o’tdi.
2018-yil 15-oktabrdan maktab bosqichi bo’lib o’tdi. Bunda futbol, Yengil atletika, Mini futbol, Basketbol, Voleybol sport turlari bo’lib o’tdi. Bu musobaqada maktab bosqichidan g’olib bo’lganlar tuman bosqichiga chiqishdi. Shashka va yengil atletika turi bo’yicha boshlang’ich sinflar tumanda 2-o’rin va 3-o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
Maktabimizda 5-sinflar o’trasida Quvnoq startlar musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada I-o’rin 5-B, II-o’rin 5-E, III-o’rin 5-A sinflar egalladi.
7-sinflar o’rtasida Basketbol musobaqasi bo’lib o’tdi musobaqada I-o’rin 7-E, II-o’rin 7-D, III-o’rin 7-B sinflar egallashdi.
Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan shaxmat musobaqasi bo’lib o’tdi. Bizning maktabimizda 10-nafar o’quvchilar fahirli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Biz o’qituvchilar faol ishlashni maqsad qilganmiz oldinda qiladigan ishlar juda ko’p ularni saviyali o’tkazishga harakat qilamiz.
Maktab raxbari H.K.Niyozova
U.B.R Akromova M
Do'stlaringiz bilan baham: |