2018 il Biologiya 10-sinf Yozma ish 1-variant
1.Barg o’simliklarning vegetativ ko’payish organi.
2.Zamburug’ va suv o’tlarini o’zaro taqqoslang.
3.Qonda qand, jigarda glikogen miqdorini oshiruvchi gormon ajratib chiqaradigan bez haqida ma’lumot yozing.
4.Hayotning hujayra darajasi va uning o’ziga xo jihatlari.
5.Yo’lbars oziqlanadigan hayvonlar sinfi haqida ma’lumot bering.
2018 il Biologiya 10-sinf 2-variant
1.Ildiz,poya, barg kabi organlarning o’ziga xos umumiy jihatlari?
2.Bir va ko’p hujayrali organizmlarning ko’payishidagi o’ziga xos xususiyatlari?
3.Odam boyining o’sishiga ijobiy tasir ko’rsatuvchi omillarning vazifalari?
4.Bakteriya va zamburug’larni o’zaro taqqoslang.
5.Terlama kasalligini keltirib chiqaruvchi organizmlarga xos hususiyatlar.
2018 yil 10-sinf Biologiya 1-variant
1. O'rgimchaksimonlar bog'imoyoqlilarning boshqa sinf vakillaridan qaysi xususiytlariga ko'ra farq qiladi?
A) zaharli vakillarga ega B) hazm bo’lish jarayoni tashqi muhitda boshlanadi
C) mo'ylovlari soni ikki juft D) yuragi naysimon, ko'p kamerali
2. O'rgimchaklar turkumiga kiruvchi vakillarni ularga xos bo'lgan xususiyatlar bilan juftlang.
1) butalar va baland o'tlar orasida tik tortilgan to'r to'qiydi; 2) tutqich to'ri to'qimaydi; 3) tuproqda chuqurchalar ustiga, toshlar ostiga to'r to'qiydi; 4) zahari odam uchun xavfli; 5) oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga o'xshaydi; 6) eng yirik o'rgimchak. a) butli o'rgimchak; b) falanga; c) biy; d) qoraqurt.
A) a-1: c-2.6; d-3.4 B) a-1.4; b-2.5; c-6: d-4
C) a-1: c-3: d-2.4 D) a-3: b-5: c-3.6: d-2.4
3. Oyog’idagi barmoqlari orasida pardasi bo’lgan organizlarni aniqlang? 1) timsoh; 2) o’rta osiyo toshbaqasi 3) yexidna; 4) o’rdakburun 5) ildam kaltakesakning orqa oyog’ida; 6) qalqontumshuq; 7) laylaksimonlar; 8) baqa; 9) suqsun; 10) yo’rg’atuvaloq;
A) 1,2,3,4,8,9,10,5 B) 2,4,5,8,9,10
C) 1,2,7,4,8,6 D) 1,4,8,9
4. Odamda polidaktiliya va katarakta 1 ta autosomada joylashgan dominant genlar ta’sirida irsiylanadi. Erkak katarakta va polidaktiliya bilan kasallangan bo’lib, unga bu genlardan biri onasidan o’tgan. Ayol 2 belgisi bo’yicha sog’lom. Nazariy jihatdan krossingover 3% bo’lsa, shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi polidaktiliya va katarakta bo’yicha sog’lom bo’ladi?
A) 25% B) 48,5% C) 3% D) 1,5%
5. Gulli o’simliklarning xarakterli belgisini aniqlang: 1)gulning bo’lishi; 2)gulning bo’lmasligi; 3)qo’sh urug’lanish; 4)urug’lanish; 5)endospermaning bo’lishi; 6)endospermening bo’lmasligi; 7)urug’ning qubbada yetilishi; 8)urug’ning meva ichida joylashganligi; 9)bir va ikki urug’pallalilarga bo’linishi; 10) bir, ikki urug’pallali va piyozlilarga bo’linishi;
A. 1,3,6,7,10 B. 2,4,6,8,9 C. 1,3,5,8,9 D.2,4,5,7,10
6. Tilyapiyaning miya qutisi suyaklari qaysi suyaklardan iboratligini kursating?
1.miya qutisi 2.jabra yoylari 3.jabra qopqoqlari 4.jag`lari 5.miyacha 6.jabra ravoqlari
A)1.2.3.4. B)1.3.4.6. C) 2.3.6. D) 2.3.4.5.
7. Translyatsiyada hosil bo’lgan oqsil 400 ta aminokislotaga ega bo’lsa, shu jarayonda qatnashgan genetik kodlar sonini aniqlang.
A) 64 B) 61 C) 400 D) 1200
8. G‘o‘zada poyasining uzun bo‘lishi kalta poya ustidan to‘liq dominantlik qiladi, tolaning malla rangi oq rangi ustidan chala dominantlik qiladi, tolaning novvot rangda bo‘lishi oraliq xarakterga ega. Digeterozigota g‘o‘zalar o‘zaro chatishtirilganda avlodda 640 ta o‘simlik olingan bo‘lsa, uzun poyali g‘o‘zalarning necha xil genotipik guruhlari mavjud?
A) 1 B) 9 C) 6 D) 3
9. UASASAGSUSUG ushbu i-RNK sintezlangan DNK molekulasi necha vodarod bog’ orqali hosil bo’lgan
A) 25 ta B) 30 ta C) 50 ta D) 72
10. Oksidlanishga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating.
1) organik moddalarning CO2 va H2O ga parchalanishi 2) anorganik moddalarning CO2 va H2O ga parchalanishi 3) organik moddalarning O2 ishtirokida parchalanishi 4) organik moddalarning O2 ishtirokisiz parchalanishi 5) bakteriyalar faoliyatida uchraydi 6) zamburug’lar faoliyatida uchraydi
7) bu jarayon natijasida sut kislota hosil bo’ladi 8) bu jarayon natijasida spirt hosil bo’ladi
9) bu jarayon natijasida 2 ta ATF hosil bo’ladi
A) 1,3,5 B) 2,5,6,7 C) 1,2,3,6,7 D) 2,3,4,9
11. Yog’ning tirik organizmdagi vazifasini toping 1) energiya manbai 2) qurilish birligi 3) 1 g parchalanganda 17,6 kj energiya ajratadi 4) 1g parchalanganda 38,9 kj energiya ajratadi 5) suv manbai 6) zaxira sifatida urug’da to’planadi 7) hayvon hujayrasida 5% bo’ladi 8) o’simlik hujayrasining 95% ni tashkil etadi 9) issiqlikni saqlaydi 10) hasharotlarning tashqi skeletini hosil qiladi 11) membrana tarkibiga kiradi 12) hujayra qobig’i tarkibiga kiradi
A) 2,3,6,7,8,10 B) 1,4,5,6,9,11 C) 1,3,5,8,11 D) 2,4,6,9,11,12
12. Axborot tashuvchi RNK tarkibida nukleotidlar quyidagi nisbatda uchraydi: guanin—31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29.
Mazkur i-RNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleotidlar miqdorini aniqlang.
A) T=48; A=48; G=52; S=52 B) T=29; A=19; G=21; S=31
C) T=29; A=29; G=31; S=31 D) T=19; A=29; G=21; S=31
13. Quyidagi tibbiyot sohalari bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borgan o‘zbek olimlarini to‘g‘ri joylashtiring.
a) odam anatomiyasi fanining rivojlanishi bo‘yicha; b) qalqonsimon bez kasalligi bo‘yicha;
c) fiziologiya fanining rivojlanishi bo‘yicha; d) jarrohlik sohasi bo‘yicha; e) ichki kasalliklarni o‘rganish va davolash bo‘yicha; f) yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablari bo‘yicha; j) asab kasalliklari bo‘yicha.
1. R.E.Xudoyberdiyev 2. U.Z.Qodirov 3. N.A.Ahmedov 4. Yo.X.To‘raqulov 5. V.V.Vohidov 6. N.Majidov 7. Z.Umidova 8. A.Asqarov 9. X.Z.Zohidov 10. R.A.Alavi 11. S.A.Asomov 12. S.A.Daminov 13. O.Y.Yunusov 14. N.Ismoilov 15. Z.T.Tursunov 16. E.S.Mahmudov 17. K.R.Rahimov 18. I.Q.Musaboyev 19. O‘.Oripov
A. a-1, 2, 3, 7; b- 4; c- 14, 15, 19; d- 12, 16, 18; e- 8, 9, 10, 11; f- 5, 6, 7; g- 13, 17.
B. a- 1, 3, 9, 10, 11, 12; b- 4; c- 2, 13, 15, 16, 17; d- 5, 19; e- 7, 8, 14; f- 18; j- 6.
C. a- 4; b-2, 13, 15, 16, 17; c- 1, 3, 9, 10, 14; d- 5, 19; e- 7, 8, 14; f- 18; j- 6.
D. a- 1, 3, 5, 7; b- 2, 4, 6, 8; c- 9, 10, 12, 14; d- 11,19; e- 13, 16; f- 17; j- 15, 18
14. . Buyrakda siydik ajralishini kuchaytiruvchi (a) va kamaytiruvchi (b) nervlar hamda gormonlarni juftlab ko'rsating. 1) simpatik nerv tolalari; 2) parasimpatik nerv tolaiari; 3) vazopressin; 4) tiroksin
A) a - 1, 3; b - 2, 4 B) a - 2, 4; b - 1, 3 C) a - 1, 3, 4;b-2 D) a - 2; b - 1, 3, 4
15. Yashil qurbaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
1-Baqaga nisbatan ancha yirik rangi och yashil yoki kulrang bo‘ladi 2-U kechqurunlari iniga berkinib yotadi
3-Terisida oqish zaxarli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bo‘ladi4-Terisi dag‘alroq, o‘pkasiga nisbatan rivojlangan 5-Kunduzi qurullab sayraydi 6-Kunduzi kechqurunlari inida daraxt ildizi va to‘nkalar orasida berkinib yotadi 7-Kechqurun qurullab sayraydi 8-Ko‘payish davrida inga tushadi
A) 1,2,3,4,5,8 B) 1,3,4,6,7,8 S) 1,2,5,6,7,8 D) 1,3,4,5,6,7
16. Gipovitaminoz B1 kasalligida (1) va avitaminoz B1 kasalligida (2) kuzatiladigan belgilarni aniqlang.
a) qo'1-oyoq muskullarining uvishib og'rishi;b) holsizlik, tez charchash; c) beri-beri kasallik yuzaga keladi; d) nerv tolalari falajlanadi;e) terida sezuvchanlik oldin kuchayadi, keyin yo'qoladi; f) oyog'ini yaxshi ko'tara olmaydi va qadamini kalta-kalta qilib qo'yadi; j) aqliy faoliyati pasayadi; k) o'zlashtirish, esda saqlash qobiliyati pasayadi
A) 1- a, b, j, k; 2- c, d, e, f B) 1- c, d, e, f; 2- a, b, j, k
C) 1- a, b, c, d; 2-e, f, j, k D) 1- b, d, f, j; 2- a, c, e, k
17. Tananing qaysi qismlarida ikki va uch boshli muskullar joylashgan bo’ladi?
A) yelka orqasi va sonda 2 boshli, yelkaning oldingi qismi va boldirda 3 boshli muskul
B) yelka orqasi va boldirda 2 boshli, yelkaning oldingi qismi va sonda 3 boshli muskul
C) yelka orqasi va boldirda 3 boshli, yelkaning oldingi qismi va sonda 2 boshli muskul
D) yelka orqasi va yelkaning oldingi qismida 2 boshli, son va boldirda 3 boshli muskul
18. Ermon shuvog'ining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?
A) ildizi, bargi va mevasidan B) faqat to'pgulidan
C) bargi, poyasi va to'pgulidan D) mevasi, urug'i va ildizpoyasidan
19. Dengiz otchasining miya qutisi suyaklari qaysi suyaklardan iboratligini ko`rsating?
________________________________________________________________________________
20. Botir bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida 100 g oqsil, 80 g yog’, 460 g uglevod va 10 g tuz is’temol qildi. Ovqat tarkibidagi biomolekulalardan ajralgan energiya miqdorini kkal da aniqlang,
____________________________________________________________________________________
21. Demensiya, bu -… _______________________________________________________________
22.Uch xil bez qaysi organizmlarda bo’ladi?
_________________________________________________________________________________
23.K vitaminining vazifasi nima?
__________________________________________________________________________________
24.Ca ning organizmdagi ahamiyatlari nima?
__________________________________________________________________________________
25.Usneya barbetta qaysi sinfga mansub?
__________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |