128. Ko‘nikma nima?
*a) O‘zlashtirilgan bilim asosida o‘quv mashqlar orqali egallab olingan harakat
b) O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ishlata olish
c) Bir o‘quv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar
d) O‘quv mazmunining o‘zlashtirilganlik darajasi
129. Malaka nima?
*a) O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ishlata olish
b) O‘zlashtirilgan bilim asosida o‘quv mashqlar orqali egallab olingan harakat
c) Bir o‘quv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar
d) O‘quv mazmunining o‘zlashtirilganlik darajasi
130. Bilim nima?
*a) narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalar
b) Bir o‘quv fani davomida rivojlantiriladigan tushunchalar
c) O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ishlata olish
d) O‘zlashtirilgan bilim asosida o‘quv mashqlar orqali egallab olingan harakat
131. Ikki juft belgisi bo‘yicha geterozigota organizm, ikkala belgisi bilan gomozigota retsessiv bo‘lgan organizm bilan chatishtirilganda genotip bo‘yicha qanday nisbatda ajralish sodir bo‘ladi?
*a) 1:1:1:1
b) 1:2:1
c) 3:1
d) 13:3
132. Quyonlarning Baron zoti quloq suprasining uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga teng. Agar quloq suprasi uzunligi 2 juft dominant genga bog‘liq deb faraz etsak va Baron zotining genotipi D1D1D2D2 , ikkinchi zotniki d1d1d2d2 bo‘lsa, ularni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan duragaylarning quloq suprasi necha sm bo‘ladi?
*a) 20
b) 18
c) 19
d) 14
133. O‘qitish va o‘qish jarayoni, ________ qo‘yilgan maqsadga mos kelganda yakunlanadi.
*a) natija
b) tarbiya
c) bilim
d) Ta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |