Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti — genetik injeneriya, biotexnologiya, genetika, oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi, qishloq xoʻjaligi ekinlari agrobiologiyasi boʻyicha yirik ilmiy va muvofiqlashtiruvchi markaz. 1997 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika instituti va Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining qoʻshilishidan tashkil topgan (Genetika instituti 1992 yilda Oʻrta Osiyo fitopatologiya ilmiy tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi institutlari tarkibidagi bir necha turli laboratoriya.lar bazasida tashkil etilgan). Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. Institut tarkibida 20 laboratoriya., 0,8 ga maydonli fitotron, ilmiy jihozlarni taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻlimi, Fargʻona filiali, Sirdaryo tayanch punkti, 2 eksperimental baza va Piskent tumanida Doʻstbekov nomidagi jamoa xoʻjaligi bor. Institutga dala tajribalari uchun 23 ga, keng mikyosdagi dala tajribalari uchun 600 ga yer (Sirdaryo viloyatida) ajratilgan. Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: molekulyar-genetik va gen injeneriyasi tadqiqotlarini qoʻllagan holda transgen oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar olish biotexnologiyasini yaratish boʻyicha idoralararo "Gen injeneriya markazi" dasturini amalga oshirish; genetika yutuqlari negizida gʻoʻza, bugʻdoy, makkajoʻxori va b. ekinlarning yangi navlarini yaratish, respublikada tarqalmagan ekinlar institutroduksiyasi; oʻsimliklar genetik resurelarini saqlash va ulardan foydalanish sohasida fundamental tadqiqotlar oʻtkazish; oʻsimliklar biokimyosi va fiziologiyasi sohasida shoʻrga, qurgʻoqchilikka chidamlilik mexanizmlarini aniqlash, ontogenezni boshqarish boʻyicha tadqiqotlar olib borish; qishloq xoʻjaligida pestitsidlarni qoʻllashning viruslar, mikroorganizmlar, hayvonlar va oʻsimliklar irsiy apparatiga taʼsirini oʻrganish; mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan pestitsidlar, oʻstirish stimulyatorlari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari sinovini tashkil etish va b.
Institutda yirik ilmiy yoʻnalishlar va maktablar shakllandi; miqdoriy belgilarga koʻra gʻoʻza genetik kolleksiyasi, qimmatli xoʻjalik belgilarining irsiylanishi va oʻzgaruvchanligi oʻrganildi (akad. J. A. Musayev); sitoembriologik, genetik, kariologik, anatomik usullar bilan jahon gʻoʻza genofondi kolleksiyasi yaratildi (akad. A. A. Abdullayev), gʻoʻza, mosh, bodring transgen oʻsimliklari olindi (A. Abdukarimov); yangi gʻoʻza navlarini yaratishda geterozis hodisasidan, radiatsiya va kimyoviy mutagenezdan foydalanish yoʻllari (N. N. Nazirov, O. Jalilov), gʻoʻza genomi tuzilmasi va funksional faolligi oʻrganildi (A. P. Ibrohimov) va b. Institutda gʻoʻzaning 30 dan ortiq rayonlashtirilgan navlari yaratilgan (Toshkent gʻoʻza navlari, AN gʻoʻza navlari, Yulduz va b.). Institut faoliyati F. M. Mauyer, S. S. Sodiqov, S. X. Yoʻldoshev, S. M. Mirahmedov, V. S. Shardakov, V. L. Golodkovskiy, J. A. Musayev, A. A. Abdullayev, M. V. Muhammadjonov, A. A. Abdukarimov, O. J. Jalilov, I. A. Vlasova, A. P. Ibrohimov, H. S. Samiyev va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. Institutda aspirantura bor. Ilmiy toʻplamlar nashr etadi
0‘zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N. I. Vavilovning o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, uning madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta’limoti hamda N. I. Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq ittifoqda dunyoda eng boy o‘simliklar genofondidan iborat madaniy o‘simliklar va ularning yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasining yaratilishi 0‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genetikasi va seleksiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun asos bo‘ldi.
0‘zbekistonda genetika fanining aksariyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali bo'lishida 0‘zbekistonda ko‘p yillar ishlagan mashhur olimlar - akademiklar B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov hamda rossiyalik olimlar - akademiklar N. P. Dubinin, V. A. Shumniy, professorlar - M. E. Lobashev va D. V. Ter-Avanesyanlaming xizmati katta bo‘ldi.
0‘zbekistonda madaniy o‘simliklar dunyo kolleksiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar - 0‘zbekiston o‘simlikshunoslik, 0‘zbekiston FA ning Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi, 0‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutlarida olib borilmoqda. 0‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genofondi kolleksiyasini yaratis- hda atoqli olimlar N. I. Vavilov, D. V. Ter-Avanesyan, G. S. Zaysev, F. M. Mauer, N. N. Konstantinov va A. A. Abdullayevlaming xizmati katta bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda g‘o‘za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik A. A. Abdullayev va uning shogirdlari (S. M. Rizayeva, M. A. Axmedov, R. D. Dariyev, R. Sh. Shodmonov, X. S. Saydaliyev) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan ekspedisiyalar natijasida g‘o‘za genofondi kolleksiyasi boyitildi, sifati ko‘tarildi. Bu kolleksiyada yig‘ib o‘rganilgan g‘o‘za yowoyi turlari 50 ga yaqinlashib qoldi. Bunday kolleksiya dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. G‘o‘za o‘simligining yowoyi va madaniy turlarining kelib chiqishi, evolutsiyasi va sistematikasi sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Gossypium L. turkumiga kiruvchi g‘o‘za turlarining morfobiologik, sitogenetik va genetik dalillarga asoslangan yangi sistematikasi asoslari yaratildi.
0‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutidagi g‘o‘za kolleksiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, 0‘zbekiston FA Genetika va ossimliklar eksperimental biologiyasi institutida g‘o‘zaning 6500 nav va namunalari bor. 0‘simlikshunoslik institutida yaratilgan madaniy o‘simliklaming dunyo kolleksiyasi tarkibida 80 turdan ortiq ekinlaming 30000 dan ko‘proq nav va namunalari, g‘o‘zaning 5400 dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o‘simliklaming dunyo kolleksiyasi genofondi 0‘zbekistonda o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik tadqiqotlami rivojlantirish uchun boshlang‘ich material sifatida katta ahamiyatga ega.
0‘zbekistonda g‘o‘za genetikasi va seleksiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G. S. Zaysev, S. S. Kanash, A. A. Avtonomov, L. V. Rumshevich, L. G. Arutyunova, V. I. Kokuyev, K. A. Visoskiy, B. R Straumal, S. S. Sodiqov, A. D. Dadabayev, Sh. I. Ibragimov, A. A. Abdullayev, D. A. Musayev, S. M. Mirahmedov, N. N. Nazirov, A. E. Egamberdiyev, O. J. Jalilovlaming nomlari bilan bog‘liq. Ular g‘o‘zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlami duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo‘llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib, g‘o‘za seleksiyasining samaradorligini oshirib, qator o‘rta va ingichka tolali navlami yaratdilar. Bu navlami amaliyotda qodlash natijasida sobiq ittifoqda ekilayotgan navlaming o‘miga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o‘tkazildi.
Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalga oshirilmoqda. 1922-yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta nav almashtirish o‘tkazildi.
Har vaqtning o‘ziga xos biogeosenoz xususiyatlari namoyon bo‘lishligi evaziga seleksiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib seleksioner yaqin kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo‘lgan navlaming genmanbalariga ega boMgan seleksion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo'nalishda mavjud bo‘lgan boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida A. B. Amanturdiyev rahbarligida keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini egallab turibdi.
0‘simliklar genetikasi sohasidagi dunyo adabiyoti dalillariga binoan ilmiy asoslangan genetik tadqiqotlaming samaradorligi genetik tahlil uchun olinadigan biologik obyektning irsiy tozaligiga bog‘liq. Ma’lumki, g‘o‘za o‘simligi to‘liq o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik bo‘lmasdan, ma’lum darajada chetdan changlanishga ham moyil. Shuning uchun bu o‘simlikning navlari va namunalari ma’lum darajada geterozigotali va geterogen bo‘ladi. Shu tufayli ham akademik N. I. Vavilovning fikriga ko‘ra, g‘o‘za genetikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar qilish uchun dastavval uning gomozigotali belgilariga ega bo‘lgan genetik kolleksiyasini yaratish zarur. Bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari 0‘zbekiston Milliy universitetida keyingi 50 yil davomida D. A. Musayev va uning shogirdlari va xodimlari (M. Ғ. Abzalov, A. S. Almatov, S. A. Zakirov, Sh. Turabekov, S. T. Musayeva, G. N. Fatxullayeva, H. Xolmatov va boshqalar) tomonidan olib borildi va borilmoqda.
0‘zbekistonda ko‘p yillik amalga oshirilgan fundamental genetik tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning tola hosildorligining irsiylanishini belgilovchi genlar kashf etildi va ulaming funksiyasi aniqlandi. Olingan dalillarga asoslanib, tola hosildorligi (tola chiqishi) ning genetik determinatsiyasi haqida yangi nazariya yaratildi. Bu nazariyaga binoan tola hosildorligini rivojlantirishda allel bo‘lmagan ko‘p genlar
ishtirok etib, ularning faoliyatida bir vaqtning o‘zida polimeriya, komplementariya, dominant va retsessiv epistaz, pleyotropiya tipidagi genlarning o‘zaro ta’siri tola hosildorligining irsiylanishi va rivojlanishini ta’min etadi. Bu nazariyaga asoslanib, 40 yildan ortiq vaqt ichida izogen (gomozigotali) liniyalar duragaylari avlodlarini gcnetik tahlil qilish natijasida bu muhim belgi bo‘yicha har xil gomozigotali genotipga va alternativ fenotipga ega bo‘lgan, dunyoda tengi yo‘q izogen liniyalar kolleksiyasi yaratildi. Bu mutant va izogen genkolleksiya liniyalari duragay avlodlarida ko‘p yillik tanlash va baholash sohasidagi tadqiqotlar natijasida seleksiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tola chiqishi 40-42%, chigiti yirik (1000 ta chigit og‘irligi 150 g), ko‘sagi yirik (bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosi 8-9 gr) bo‘lgan liniyalar yaratildi.
Professor A. T. G‘ofurov g‘o‘za o‘simligining madaniy turlari G.hi- rsutum L. va G.barbadense L. navlari duragaylarini genetik tahlil qilish sohasida hamda shogirdi S. Fayzullayev bilan g‘o‘za genetik kolleksiyasining turli variantlarda genetik nishonlangan izogen liniyalarida o‘simliklar evolutsiyasining genetik asoslarini tadqiq qilish sohasida noyob ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.
0‘simliklar biologiyasi, genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish hamda yangi navlar yaratish muddatini qisqartirishdek o‘ta dolzarb masala sohasidagi tadqiqotlar 0‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot institutida professor Y. Ikromov va uning shogirdlari (S. Berdiyev, S. Usmonov, A. Saidkarimov) tomonidan samarali amalga oshirildi. Institutning butun yil davomida tajriba qo‘yish imkcniyatiga ega bo‘lgan noyob «Fitotron» seleksion-issiqxona kompleksida olib borilgan ko‘p yillik tajribalar natijasida bir yilda g‘o‘zaning uch avlod genetik materiallari olinib, uning seleksiya jihatidan, xo‘jalikda ahamiyatli va kasalliklarga chidamlilik belgilari bo‘yicha tahlil qilish va baholashning ekspress (tezkor) metodlari yaratildi. Bu sohadagi tadqiqotlar natijasiga asoslangan seleksiya jarayonini jadallashtirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalar yaratildi va amaliyotga tavsiya etildi.
G‘o‘za o‘simligi genetikasining dolzarb muammolari qatoriga g‘o‘zaning introgressiv liniyalarini yaratish va ulardan g‘o‘zaning yangi genotipida geografik uzoq yarim yovvoyi va yovvoyi turlarining adaptiv belgilarining genlarini mujassamlashtirgan navlar yaratishning metodik asoslarini ishlab chiqish ham kiradi. Bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlar G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida A. E. Egamberdiyev rahbarligida, 0‘zMU Genetika va sitoembriologiya kafedrasi va Genetika va 0‘EB institutining hamkorligida tashkil etilgan «Genetik o‘quv-ilmiy markaz»da D. A. Musayev rahbarligida A. T. Saidkarimov, H. A. Ahmedov va ulaming hamkasblari tomonidan olib borilmoqda.
G‘o‘za genetikasi va seleksiyasida eng dolzarb masalalar qatoriga vatanimizda ekilayotgan G.hirsutum L. turiga mansub o‘rta tolali navlar fondini yangi, tola sifati ayrim belgilari bo‘yicha ingichka tolali navlar darajasiga ko‘tarilgan serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli istiqbolli navlar yaratish muammosini yechish masalasi ham kiradi. Bu sohadagi fundamental ilmiy tadqiqot ishlari Genetika va 0‘EB instituti, G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi, Paxtachilik institutlarida hamda 0‘zbekiston Milliy universitetida olib borilmoqda. Bu sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlaming dastlabki natijalari g‘o‘za genetikasining bu o‘ta murakkab muammosini hal etishda ham g‘o‘zaning introgressiv liniyalar kolleksiyasidan foydalanish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Xo‘jalikka ahamiyatli bo‘lgan g‘o‘za miqdoriy belgilaming genetikasini variatsion-statistik metodlami qo‘llash yo‘li bilan N. G. Simongulyan va boshqalar o‘rgangan.
G‘o‘zaning sitogenetikasi va sitoembriologiyasi sohasida fundamental tadqiqotlar taniqli olimlar L. G. Arutunova, Z. M. Pashenko, V. A. Rumi, N. A. Vlasova va M. F. Sanamyanlar tomonidan olib borildi va olib borilmoqda.
G‘o‘za o‘simligining biokimyoviy genetikasi sohasida akademik A. P. Ibragimov, professorlar A. A. Axunov, Sh. Yunusxanov, R. K. Shod- monovlar e’tiborga sazovor ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.
G‘o‘za o‘simligi vilt kasalligining fiziologiyasi va genetikasi sohasidagi tadqiqot ishlarini akademik S. M. Mirahmedov, professor
М. X. Avazxodjayev, F. V. Voytenok samarali olib bordilar. Ayniqsa, S. M. Mirahmedovning bu sohadagi ishlari natijasida yaratgan Toshkent-1, Toshkent-3, Toshkent-6 navlari 0‘zbekistondagina emas, balki 0‘rta Osiyo g‘o‘za ekuvchi respublikalarida ham katta muvaffaqiyat qozondi.
G‘o‘zaning yangi navlarini yaratishning samarasini oshirish maqsadida yetakchi olimlar - Sh. I. Ibragimov, N. N. Nazirov, O. J. Jalilov, A. E. Egamberdiyev, M. Q. G‘ulomov va boshqalar eksperimental mu- tagenezni samarali qo‘llab, g‘o‘zaning yangi istiqbolli navlarini yarat- dilar.
Prezidentimizning tashabbusi bilan don mahsulotlari bo‘yicha ham mustaqil iqtisodiy siyosat olib borish uchun mamlakatimizda bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va boshqa donli ekinlar ekish maydonini kengaytirish va ulaming yangi yuqori sifatli mahsulot beruvchi navlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Masalan, bug‘doy o‘simligining yangi navlarini yaratish sohasida genetik-seleksion va urug‘chilik bo‘yicha ilmiy institutlar, laboratoriyalar tashkil etildi. Bug‘doyning yangi navlarini yaratishda J. Xudoyqulov, S. Boboyev, A. Omonov, A. I. Kovalyev va boshqalaming xizmati katta bo‘ldi.
Sholi biologiyasi, genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha P. A. Pulina, S. Rixsiyeva, T. Boboniyozov, U. Abillayev, T. E. Is’hoqovlar samarali xizmat qildilar. Makkajo‘xori biologiyasi, genetikasi va seleksiyasi sohasida I. Massino rahbarligidagi olimlar samarali xizmat qilmoqdalar. Keyingi yillarda M. F. Abzalov shogirdlari bilan soya o‘simligi biologiyasi va genetikasi bo‘yicha fundamental tadqiqotlami bajarib kelmoqda, soyaning genetik kolleksiyasi yaratila boshlandi, oqsil, yog‘, vitaminlarga boy bo‘lgan «Genetik» navi yaratildi.
0‘zbekistonlik olimlaming, ayniqsa, meva va tok o‘simliklari biologiyasi, genetika va seleksiyasi sohasida akademik M. Mirzayev, professorlar P. K. Soldatov, M. S. Juravel, A. A. Ribakov, S. S. Kalmikov va boshqalaming xizmati katta. 0‘zbekistonda limon-sitrus o‘simligining yangi navlarini yaratishda Z. Faxrutdinovning xizmatlari tasannoga sazovor. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka biologiyasi, genetikasi va seleksiyasi sohasida atoqli olimlar D. Abdukarimov, A. S. Shukina, M. I. Kulakova, A. S. Hakimovlar samarali xizmat qildilar. Bu o‘sim- liklaming yangi navlari yaratildi.
0‘zbekistonda xonakilashtirilgan hayvonlarning genetikasi va seleksiyasi sohasida ham e’tiborga sazovor ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, ipak qurti genetikasi va seleksiyasi bo‘yicha fundamental ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, tut ipak qurtida jinsni boshqarish metodlari yaratildi, natijada ipak qurtining yuqori sifatli tola beruvchi serhosil zotlari yaratilib, amaliyotga samarali qo‘llanildi. Dunyo olimlari tan olgan bu genetik tadqiqotlarni akademiklar B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov, U. Nasrillayev va ularning shogirdlari S. S. Lejenko, X. Rasulov, A. Yoqubov, R. Qurbonovlar tomonidan amalga oshirildi.
Qoramolchilik sohasidagi genetik, seleksion tadqiqotlar chorvachilik institutida olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida qoramollar - sigirlaming go‘sht va sutga ixtisoslashgan, mahalliy sharoitga moslashgan zotlari yaratildi va amaliyotga samarali qo‘llanildi (M. M. Bushuyev, A. I. Reshetov, Sh. A. Akmalxonov, M. Ashirov, N. O. Mavlonov, U. N. No- sirov).
Qorako‘l qo‘ylarining genetikasi va seleksiyasi sohasidagi tadqiqotlar 0‘zbekiston qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot institutida olib boriladi. Qorako‘l qo‘ylarining har xil rangli mo‘ynali terilari jahon bozorlarida xaridorgir bo‘lib, katta iqtisodiy samara keltiradi. Qorako‘l qo‘ylarining yuqori sifatli, noyob rangli mo‘ynali teri beradigan zotlari yaratildi (mualliflari: A. M. Lisov, I. N. Dyachkov, A. A. Rahimov,
R. G. Valiyev, I. B. Ataqurbanov, U. Oripov va boshqalar.) Go‘shtdor- serjun qo‘y zotlarini yaratib, ulami amaliyotga tatbiq etish borasida ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu sohadagi genetik- seleksion tadqiqotlar R F.Kiyatkin, I. A. Tapilskiy, F. M. Mamadaliyev, A. A. Yo‘ldoshev, Y. Qurbonovlar tomonidan bajarilgan.
0‘zbekistonda parrandachilik genetikasi va seleksiyasi sohasidagi tadqiqotlar tovuq parrandasi misolida S. G. Azimov, X. K. Alimov, D. S. Azimovlar tomonidan samarali olib borildi. Natijada tovuqning yuqori mahsuldor tuxum-go‘sht berishga ixtisoslashgan, kasalliklarga chidamli, vatanimiz sharoitiga moslashgan tovuq zotlari va duragaylari yaratilib, amaliyotga samarali qoMlanildi.
Molekular genetika fanining barpo bo'lish va shakllanishida, uning genetik tadqiqotlarida biokimyo, biofizika, matematika, kibernetika, ayniqsa, umumiy genetika va molekular biologiya fanlarining ilmiy va amaliy yutuqlari va metodlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 0‘zbekistonda molekular genetika fanining taraqqiyotiga akademiklar Y. X. To‘raqulov J. H. Hamidov, B. O. Toshmuhamedov va ular shogirdlarining molekular biologiya, hujayra biologiyasi, biofizika sohasidagi tadqiqotlar natijasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 0‘zbekistonda molekular genetika va gen-hujayra injeneriyasi sohasida Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida akademik A. A. Abdukarimov rahbarligidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari katta ahamiyatga sazovordir.
Jumladan, biologiya fanlari doktori I. Abdurahmonov rahbarligida g‘o‘za o‘simligining tola hosildorligi, sifati, tezpisharligi, vilt kasaliga chidamliligi kabi o‘ta muhim. belgi va xususiyatlari genetik boshqarilishining molekular asoslari tadqiq qilinmoqda. Genomika yo‘nalishini rivojlantirishda «Genom texnologiyalar markazi» tashkil etilib, u yerda zamonaviy saviyadagi samarali tadqiqotlar olib borilmoqda.
S.Jatayev va G\ Muxamedxonovalar tomonidan g‘o‘za va bug‘doy navlariga gerbitsidga chidamlilik geni kiritilib, ushbu muhim belgiga ega bo‘lgan transgen g‘o‘za, transgen bug‘doy formalari yaratildi.
Xonakilashtirilgan hayvonlarda transgen formalar olish muammosi dastavval akademik J. X. Hamidov shogirdlari (K. Nishonboyev) bilan hamkorlikda hal qilindi. Ular quyon zoti zigotasiga o‘stiruvchi gormon geni kiritilib, mahsuldor transgen quyon formasini yaratdilar.
Professor О. T. Odilovaning molekular genetik tadqiqotlari natijasi 0‘zbekistonda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishning samarali metod- larini yaratishdagi ahamiyati yuksakdir. О. T. Odilova tuproqda va yerosti suvlarida to‘planib qolgan zaharli va mutagen pestitsid kimyoviy moddalaming qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi Pseudomonas bakteriyasining maxsus genlarini gen injeneriyasi yo‘li bilan ajratib olib, g‘o‘za ildizlari rizoidlari bakteriyalariga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu tajribadan kutilgan maqsad g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘zaga o‘nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlaming qoldig‘ini zararsizlantirishdir.
0‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi molekular genetik, gen injeneriyasi, biotexnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar Tibbiyot institutlari laboratoriyalari olimlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Professor Sh. S. Azimova shogirdlari bilan hamkorlikda ipak qurtida olib borilgan fundamental molekular genetik va hujayra gen injenereyasi sohasidagi noyob tadqiqotlari natijasida xalqimizda «sariq kasallik» deb nomlangan jigar uchun о4a xavfli bo‘lgan gepatit V kasalligini diagnostika qilish va davolash, kasallikning oldini olish uchun zarur boTgan vaksina yaratish, uni tibbiyotda bu xastalikni davolash uchun amaliy qoTlanilmoqda.
Professor R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Irisboyevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh RCR texnologiyasini qoTlab, o‘nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklaming gen injenerlik tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qildilar. Chunonchi jigarda rak xastaligini chaqiruvchi NCB virusining (gepatit C virusining) olti xil genotipini mahalliy bemorlardan PCR texnologiya asosida ajratib olinib, ilk bor tasniflandi va ulardan faqat ayrim tiplarigina organizm uchun xavfli ekanligi ko‘rsatib berildi. ‘
R. S. Muxamedov va A. Ikromovlar Adliya vazirligi sudmed ekspertizasi Instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya - genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma Turn shaxsni aniqlash) usulini tatbiq etdilar va yana ham takomillashtirdilar.
B. Irisboyev, G. Hamidullayevalar respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda yurakni ko‘chirib o‘tkazish uchun absolut ko‘r- satkich hisoblangan dilatatsion kardiomiopatiya kasalligini chaqiruvchi mutatsiya distrofin genining to‘qqizinchi ekzonida (ekzogenning oqsil sintez qilishida ishtirok etuvchi nukleotidlar izchilligi) joylashganligi aniqlandi va bu xastalikning irsiylanish qonuniyatlari o‘rganilmoqda.
Bioorganik kimyo institutida professor A. A. Axunov rahbarligida biokimyoviy genetika sohasidagi tadqiqotlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Ular g‘o‘za tolasi hosildorligini ta’min etuvchi genlar faoliyati natijasida sintezlanuvchi oqsillarni ajratib olib, ularning molekular tuzilmasini aniqlashdi. Masalan, g‘o‘za tolasining chiqishi va chigit tuklanishini boshqaruvchi muhim genlardan biri bo‘lgan gen-ingibitorning (I) oqsili ajratib olindi va uni «ingibitor-oqsil» deb atashdi.
Mikroorganizmlar biologiyasi, biokimyosi, genetikasi va seleksiyasi sohasidagi ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida akademik A. A. Muzaffarov rahbarligida suv o‘tlarining, akademik M. E. Mavloniy rahbarligida mikroblaming boy kolleksiyasi
yaratildi. Akademik A. G. Xolmuradov va uning hamkasblari A. S. Rasulyev, P. Y. Yusupov, J. Jumaniyozov, D. K. Ogay tomonidan mikroorganizmlar, viruslar genetikasining ba’zi muhim muammolari tadqiq qilinib, ularda gen injeneriyasi metodlarini qo‘llab, oziq-ovqat sanoati, farmakologiya uchun zarur bo‘lgan oqsillar, fermentlar, vitaminlar; qishloq xo‘jaligi uchun zarur biologik o‘g‘itlar sintez qilish, shifobaxsh sut mahsulotlarini tayyorlash biotexnologiyasi yaratildi. Taniqli olimlar E. T. Dikasova, M. I. Isamuxamedov, A. X. Vahobovlar qishloq xo‘jalik o‘simliklarida bakteriya, virus va zamburug4 qo‘zg‘atadigan kasalliklarga qarshi kurashning
mikrobiologik metodlarini ishlab chiqdilar.
Tibbiyot genetikasining dolzarb muammolarini tadqiq qilishda, odamlardagi yuqumli va irsiy kasalliklaming kelib chiqish sabablarini aniqlash, ularning profilaktikasi, diagnostikasi va davolash metodlarini yaratish, amaliyotda qoilash sohasiga Vatanimizning mashhur olimlari A. T. Oqilov, Yo. H. To‘raqulov, J. H. Hamidov, N. M. Majidov, M. S. Abdullaxo‘jayeva, R. M. Ro‘zibakiyev, T. U. Oripova, E. M. Musaboyevlar va ularning shogird- lari katta hissa qo‘shdilar.
Akademik M. S. Abdullaxo‘jayeva 0‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yo‘nalish - transplantatsion immunopatologiyaga asos soldi.
Genetika, seleksiya, molekular genetika va gen injeneriyasi fanlarining oldida turgan kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar genetikasi va seleksiyasini yanada mukammal tadqiq qilish; odam belgi va xususiyatlarining normal va patologik holatda irsiylanishi va kelgusi avlodlarda rivojlanish genetikasi va uning molekular asoslarining kashf etilishi, jadallanishi kerak. Ayniqsa, tibbiyot genetikasi, hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlar genetikasi, ulaming sermahsul zotlari, navlari, shtammlarini yaratish; ularda hayot uchun zarur bo'lgan va xo‘jalikda ahamiyatli belgilaming molekular genetikasini tadqiq qilish va ularda hujayra va gen injeneriyasi metodlarini samarali qo‘llash sohasida yanada qator dolzarb vazifalar turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |