Tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari:
· O‘zbekistonning milliy boyligi sanalgan, paxtachilik rivojlanishini istiqbolini belgilovchi, qimmatli xo‘jalik belgilarining tugalmas manbai bo‘lgan “G‘o‘za genofondi”ni o‘rganish, saqlash va boyitish, uning noyob namunalari asosida, xalq xo‘jaligini talablarini qondiruvchi va dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan navlar yaratish uchun yangi genetik asosli sintetik introgressiv shakllar, tizmalar yaratishdir.
· Irsiylanish va o‘zgaruvchanlikning genetik qonuniyatlarini hamda morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari shakllanishi qonuniyatlarini aniqlash asosida xalqaro andozalarga javob beradigan sifatli mahsulotga ega, tezpishar,serhosil, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamli navlarni yaratish.
· Genetik qonuniyatlarni va morfobiologik xususiyatlarni hamda ekish oldidan tayyorlash, ekish, parvarishlash, yig‘im-terim, qayta ishlash,dorilash va saqlash jarayonida urug‘larning hosildorlik va urug‘lik sifatini oshirish usullarini o‘rganish asosida g‘o‘za,donli va don-dukkakli ekinlarning genetik bir xil,original superelita va elita urug‘larini olishning mavjud metodlarini takomillashtirish va yangi samarali metodlarini ishlab chiqish.
· G‘o‘zaning qurg‘oqchilikka chidamliligi genetikasi, seleksiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi – G.hirsutum L. va G.barbadense L. turining navlari, tizmalari, namunalari va duragaylarining moslashuvchanligi va suv tanqisligiga chidamliligini genetik va mofofiziologik qonuniyatlarini aniqlash, qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasining ilmiy ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda qurg‘oqchilikka chidamli o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish, suv tanqisligiga chidamli o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini “genotip-muhit” o‘zaro ta’sirini aniqlash uchun tomchilatib sug‘orishda navlarning morfofiziologik xususiyatlarini aniqlash, tomchilatib sug‘orish agrotexnologiyalari uchun moslashtirilgan g‘o‘zaning ideatip modelini yaratish.
· Qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishning va ekishga urug‘ tayyorlashning iqtisodiy foydali va ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqish. Noan’anaviy (marker-assotsirlangan) seleksiya usullari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining qimmatli-xo‘jalik belgilarini saqlash va yaxshilash.
Biologik faol biopolimerlar sintezlaydigan turli mikroorganizmlarni skrining va identifikatsiya qilish; ular asosida olingan biopolimerlar va nanobiokompozitlarning fizik-kimyoviy tavsifi; o‘simliklarda tuz stressini kamaytirish hamda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mikrobli biopolimerlar asosida biokolloid - biogellar yaratish. faol shtammlarning biopolimerlari asosida olingan nanokolloidlar yordamida o‘simliklar patogenlariga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish.
· O‘simliklar kasallanishining fitopatologik va molekulyar tashhisini o‘tkazish va kasalliklarni davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |