Javoblar tarqatilinmasin! Mualliflik huquqi qonun tomonidan himoyalangan.
Biologiya fanidan barcha sinflar uchun imtixon javoblari I-005
yashash sharoitlari bilan bog‘liq holda birlashtiradi. Biogeotsenoz daraja anorganik va organik moddalar,
avtotrof va geterotr
of organizmlarni o‘z ichiga oladi. Biogeotsenozning asosiy vazifasi energiyani to‘plash
va taqsimlashdan iborat.
Biosfera.
Sayyoramizdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini qamrab olgan, ancha
yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosferaning elementar birligi biogeotsenoz hisoblanadi, ya'ni barcha
biogeotsenozlar yig‘indisi biosferani tashkil etadi.
2. Odam genetikasini o‘rganish usullari va odamda uchraydigan irsiy kasalliklar haqida ma’lumot
bering.
Odam genetikasini o'rganishda quyidagi asosiy: geneologik, egizaklar, sitogenetik, biokimyoviy,
populyatsion, ontogenetik usullardan keng foydalaniladi.
Geneologik (shajara)
usulini dastlab F.Galton joriy
etgan. Bu usul mumkin qadar ko'proq odamlarning nasl-nasabini o'rganib chiqishdan iborat. Odamdagi
qobiliyat,
iste’dod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog'liq ekanligi geneologik usul bilan
aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo'lgan iste’dod va qobiliyatlar.
Egizaklar usuli
belglarining
egizaklarda rivojlanib borishini o'rganishdan iborat. odamda egizaklar ikki xil bo'ladi. Egizaklar bitta tuxum
hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi.
Sitogenetik usul.
Sog'lom va kasal odamlarda
xromosomalar soni va tuzilishini maxsus mikroskoplar yordamida qiyosiy o'rganishdan iborat. Bu usul odam
genetikasi haqida boy ma’lumot olish imkoniyatini beradigan usullardan biridir.
Molekular genetik usul
yordamida odam genomini tashkil etuvchi DNK molekulasida joylashgan genetik axborot (informatsiya) -
genlar tuzilishi va funksiyasi tadqiq qilinadi.
Biokimyoviy usul.
Odamda uchraydigan juda ko‘p patologik
holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil o‘zgarishlar yuzaga kelishiga bog‘liq
bo‘ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar bilan
aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qandli diabet
kasalligining sabablari o‘rganildi.
Odamlarda irsiy kasalliklar
jinsiy xromosomalar soni o‘zgarishi tufayli
paydo bo‘ladigan kasalliklar jumlasiga “Klaynfelter sindromi” va “Shershevskiy
-
Terner sindromi”
kasalliklarini olish mumkin. Klaynfelter sindromi kasalligi faqat erkaklarda uchraydi. Klaynfelter sindromi
kasalligiga duchor bo‘lgan shaxslar jinsiy xromosomalar bo‘yicha “XXY” genotipiga ega bo‘ladilar.
Shuning hisobiga ulardagi diploid xromosomalar soni o
datdagicha 46 ta emas, balki 47 ta bo‘ladi. Ayollarda
jinsiy xromosomalar mutatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan, Shershevskiy-Terner sindromi kasalligi uchraydi. Bu
kasalikka duchor bo'lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi. Natijada,
ulardagi jinsiy xromosomalar bo'yicha genotip normadagi “XX” xromosoma o'rniga “X” holatida bo'ladi.
Ularda diploid xromosomalar soni esa odatdagicha 46 ta emas, balki 45 ta bo'lib qoladi. Bunday ayollarning
bo'yi juda past, bo'yni qisqa bo'ladi. Ularda jinsiy organ (tuxumdon) rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy
belgilar ham sust namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |