Yopiq urug‘li o‘simliklarda erkak gametalari chang donachasida yetiladi. Chang donachasi ikkita hujayradan
tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi esa generativ hujayra deyiladi. Vegetativ
hujayra o‘sib uzun, ingichka naychani vujudga keltiradi. Generativ hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga
bo‘linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Chang naychalari tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha
Javoblar tarqatilinmasin! Mualliflik huquqi qonun tomonidan himoyalangan.
Biologiya fanidan barcha sinflar uchun imtixon javoblari I-005
ichiga kiradi va tuguncha tomon yo‘naladi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Lekin shulardan faqat
bittasi boshqalaridan
o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi.
Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo‘shilib zigota hosil qiladi, undan murtak rivojlanadi. Ikkinchi
spermiy markaziy (diploid) hujayra bilan qo‘shiladi va natijada yadrosi triploid, ya’ni uchta gaploid
xromosoma to'plamiga ega bo'lgan yadroli yangi hujayra bunyodga
keladi. Undan endosperm rivojlanadi. Yopiq urug'lilarda triploid
endosperm, rivojlanib borayotgan murtak uchun zaxira oziq
materialidir.
Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish.
1. Changchi 2.Changdon 3. Chang donalari
4. Chang donachasining kesimi 5. Urug'chi 6. Urug'kurtak
7. Murtak xaltachasi 8. Markaziy hujayra 9. Tuxum hujayra
10. Endosperm 11. Maysa 12. Chang nayi 13. Spermiya.
3. O‘simlik bargida organik moddalar hosil bo‘lishini yorongul xona o‘simligi bargida kuzating.
Xulosalaringiz asosida fotosintezning o‘simlik hayotida va tabiatdagi ahamiyatini tushuntiring.
1.
O‘simlik
bargini ostki va ustki tomonini to‘sadigan qora qog‘oz olib, har ikkala tomonidan bir xil
ko‘rinishga ega shakl (uchburchak, to‘rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qistirg‘ ichlar yordamida
biriktirib qo‘yiladi.
2.
Oradan 2 soat o‘tgandan keyin barg kesib olinadi, qog‘oz olib tashlanadi va qaynab
turgan suvda 2
–3 daqiqa ushlanadi, so‘ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin spirtdan
olib suvda yuviladi.
3.
So‘ngra bargni yod eritmasi solingan idishga olamiz. Shisha tayoqcha yordamid
a
barg tekislansa bargning ochiq joyida ko‘k rangli dog‘ hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Bargni yopib qo‘yilgan
joylari rangsiz bo‘ladi, chunki kraxmal hosil bo‘lmaydi.
Fotosintezning ahamiyati.
Fotosintez organik
birikmalar va kislorodni yetkazib beradigan birdan-bir manbadir. Fotosintezning umumiy mahsuldorligi
nihoyatda yuqori bo‘lib, Yer yuzidagi o‘simliklar har yili juda ko‘p uglerodni o‘zlashtiradi. Natijada har yili
bir necha milliard tonna organik moddalar sintezlanadi. O‘simliklarning yashil barglari ul
arga tushadigan
quyosh energiyasining 1 foizini fotosintez uchun sarflaydi. Fotosintezning mahsuldorligi bargl arning 1 m
2
maydoniga soatiga taxminan 1 g organik moddani tashkil etadi. 1 m
2
barg yozda bir kecha-kunduzda
taxminan 15-16 g organik moddani hos
il qiladi. O'simliklarni issiqxonalarda sun’iy yoritish, suv bilan
ta’minlanishi va boshqa sharoitlarni yaxshilash orqali fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: