Biologiya 9-sinf


 Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida 5 litr qon bo‘ladi. Erkaklarda qonning 14%i



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana21.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#568860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
bellashuv uz- - -9-sinf-biologiya (1)

3. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida 5 litr qon bo‘ladi. Erkaklarda qonning 14%i,
 
ayollarda 13%i gemogl
obinga to‘g‘ri keladi. Agar 1 gramm gemoglobin 1,3 ml kislorodni tutsa,
 
erkaklar va ayollar qonida qanchadan kislorod bo‘ladi?
 
Javobi: 
Erkakda ham ayolda ham 5 l qon bor. Shunga ko‘ra oddiy proporsiya tuzish orqali gemoglobin
miqdorini aniqlaymiz.
Erkak
5000 ml 
———
100 % 
Ayol 
5000 ml 
———
100 %

———
14 %
𝑥
=5000 ×14/100=700 
𝑔

———
13 % 
𝑥
=5000 ×13/100=650 
𝑔
So‘ngra, erkaklar va ayollar qonida qanchadan kislorod 
mavjudligini aniqlaymiz.
1 gr 
———
1,3 ml O2 
1 gr 
———
1,3 ml O2
700 gr 
———
x
𝑥
=700 ×1,3/1=910 
𝑚𝑙
650 gr 
———

𝑥
=650 ×1,3/1=845 
𝑚𝑙
Javob: 
erkaklar qonida 910 ml kislorod va ayollar qonida esa 845 ml kislorod bor bo‘ladi.
2-BILET 
1. Hujayraning kashf etilishi, tarixi, hujayrani o‘rganish usullari haqida ma’lumot bering?
 
Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o'rganish bevosita mikroskopning kashf etilishi bilan 
bog'liq. 1665-yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po'stlog'idagi po'kak to'qimadan yupqa kesmalar 
tayyorlab mikroskop yordamida kuzatganda ajoyib yangilikni kashf etdi. U daraxtning po'stlog'i bir xil 
massadan iborat bo'lmay, bal
ki juda mayda bo'shliqlardan, ya’ni katakchalardan iborat ekanligini aniqladi.
Bu mayda bo'shliqlarni R.Guk “sellula” (katakcha, uyacha, hujra) deb atadi. “Hujayra” atamasi ham shu
ma’noga ega. Keyinchalik bir qator olimlar har xil o'simlik va hayvonlarnin
g to'qimalarini mikroskop 
yordamida tekshirib, ularning hammasi ham hujayralardan tashkil topganini aniqladilar. Masalan, M.Malpigi 
va N.Gryu 1671-yilda o'simlik hujayralarining tuzilishini, A.Levenguk 1680-yilda qondagi qizil qon 
tanachalari - eritrositlarni, bir hujayrali hayvonlar va bakteriyalarni birinchi marta o'rganadi. Uzoq vaqt 
davomida hujayraning asosiy qismi uning tashqi qobig'i deb hisoblangan. Faqat XIX asrning boshlarida 
olimlar hujayra qandaydir suyuqroq modda bilan to'ldirilgan degan xulosaga keladilar. 1831-yilda ingliz 
botanigi R.Braun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi. Chex olimi Ya.Purkine 1839-yilda hujayra 
tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb atashni taklif etadi. 
Yorug‘lik mikroskopiya usuli. 
Yoruglik mikroskopining asosiy qismlari obyektiv va okulyardan 
iborat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo‘li
b, kuzatilayotgan predmetni kattalashtirib beradi. 
Okulyarlar ham linzalar tizimidan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda


ishtirok etadi. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10-40 martagacha kattalashtirib bergan. Odatda 
yorug‘lik mikroskoplari tasvirni 10
-2000 martagacha kattalashtiradi. 
Elektron mikroskopiya usuli. 
Hozirgi 
davrda korish qobiliyati eng yuqori hisoblangan asboblardan biri elektron mikroskopdir. Ular tasvirni 
200000 martagacha kattalashtirib beradi. 
Bunda o‘rganilayotgan obyektning tasviri yorug‘lik nurlarida emas,
balki elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi. Elektron mikroskop yordamida hujayraning o‘ta nozik
tuzilmalarini aniqlash imkoni mavjud. Uning yordamida ribosomalar, endoplazmatik to‘r,
mikronaychalar 
kashf etilgan. Hujayra tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalarni aniqlash uchun 
sitokimyoviy 
usullaridan 
keng foydalaniladi. Buning uchun turli xil bo‘yoqlar ishlatiladi. Ular yordamida hujayra tarkibidagi oqsillar,
nuklein kislotalar, yo
g‘lar, uglevodlar, vitaminlar, metall tuzlarining faqat miqdorinigina emas balki
hujayrada joylashishini ham aniqlash mumkin. Bu usul hujayraning kimyoviy tarkibi va unda kechadigan 
biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishga yordam beradi. Tirik organizmlarning organ va to‘qimalarini
maydalab (bir xil massa hosil bo‘lguncha), ulardan 
sentrifugalash usuli 
yordamida hujayraning 
organoidlarini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast, mitoxondriya, ribosoma) ajratib olinadi va ularning 
xususiyatlari o'rganiladi. 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish