Q e d u rtm _ u z
Respublika
Ta'lim Markazi
nadi. Kosachasimon xromatoforida yashil xlorofill pigmenti b o ‘ lishi
bilan xlorellaga o ‘xshaydi. Ortiqcha ozuqani hujayrasida to ‘playdi.
Xlamidomonadani akvarium
devorida ham
uchratish mumkin.
Bu suvo‘tdan ifloslangan suv havzalarini
tozalashda foydalaniladi
(30-rasm).
U lo tr ik s - xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan ko‘ p hujay-
rali yashil ipsimon suvo‘t (31-rasm). Tallomi shoxlanmaydi, rizoidi
orqali suv tubiga birikadi. Rizoid - yunoncha ildizga o ‘xshash degan
ma’ noni
anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o ‘xshaydi.
Ulotriks qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko‘payadi.
Jinssiz ko‘payganda to ‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoospora-
lar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o ‘rnashadi. Undan
yangi ulotriks ipi o ‘sib chiqadi. Jinsiy ko‘ payishi
ikki xivchinli
i z o-
gametalar orqali amalga oshadi. Izogametalar bir-biriga o ‘xshaydi.
Ikkita izogameta q o ‘shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin p o ‘st
bilan o ‘ralib tinim davrini o ‘taydi. Qulay sharoitda to ‘rtta hujayraga
bo‘ linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi.
S p ir o g ir a - rizoidsiz ko‘ p hujayrali suvo‘t (32-rasm). Chu-
chuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga «baqa
to ‘ nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan
o ‘ ralgan. Xrom atofori spiralsimon buralgan. Spirogira baliq va ba-
3 0-rasm . Xlamidomonada.1- xivchin;
2 - qizil ko‘zcha; 3 - hujayra qobig‘i;
4 - xromatofor; 5 - yadro; 6 - sitoplazma;
7 - qisqaruvchi vakuol.
3 1 -ra s m . Ulotriks.
1 - yadro; 2 - xromatofor;
3 - sitoplazma.
41
qalarning harakati, suv oqimi ta ’ sirida
tallomining b o ‘ laklarga b o ‘ linishi nati-
jasida ko‘ payadi.
P o rfira - qizil suvo‘t b o ‘ lib, tallo
mi bir qavat hujayralardan iborat (33-
rasm). Keng, chetlari kungurador qat-
tananing uzunligi bir metrdan oshadi.
3 2 -ra s m . Spirogira.
Rizoidi yordamida
suv ostiga birikib
1 - yadro; 2 - xromatofor;
o ‘sadi. Dengizda uchraydi. Xromatofo-
3 - sitoplazma.
rida xlorofill pigmentidan tashqari qizil
rang beruvchi antotsian pigmenti ham
b o ‘ ladi. Iste’ mol qilinganligi sababli «dengiz salati» deb ataladi.
L a m in a riy a - ko‘p hujayrali q o ‘ ng‘ ir suvo‘ti bo‘ lib, asosan,
dengizda uchraydi (34-rasm). Suvo‘tning
tanasi tasmasimon, rizo
idi bilan suv tubiga birikib turadi. Tarkibida yod moddasi ko‘p uch
raydi. Iste’ mol qilingani uchun «dengiz karami» deb ham ataladi.
Suvo‘tlar fotosintez qilishi tufayli suvni kislorod bilan ta’ minlaydi,
suv jonivorlari uchun ozuqa hisoblanadi. Ayrim dengiz suvo‘tlaridan
yod, brom olinadi. Xlorella va xlamidomonadadan suv havzalarini
tozalashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: