Kriptotizimning umumlashgan klassik sxemasi 3.1-rasmda ko‘rsatilgan.
28
3.1-rasm. Kriptotizimning umumlashgan sxemasi
Jo‘natuvchi boshlang‘ich M xabarning ochiq matnini ishlab chiqaradi, u himoya qilin-
magan kanal bo‘yicha qonuniy oluvchiga uzatilishi kerak. Kanalni,
uzatilayotgan xabarni ushlab olish va uni ochish maqsadida ushlab oluvchi
kuzatib turadi. Jo‘natuvchi orqaga qaytadigan Ek o‘zgartirish yordamida M
xabarni Shifrlaydi va oluvchiga jo‘natiladigan S=Ek(M) Shifrmatni (kriptogrammani)
oladi. Qonuniy oluvchi, S Shifrmatni qabul qilib, teskari D=Ek-1 o‘zgartirish yordamida uni
qayta Shifrlaydi va ochiq matn M ko‘rinishdagi boshlang‘ich xabarni oladi:
D
k
(S)=E
k
-1
(M)=M
EK o‘zgartirish kriptografik o‘zgartirishlar yoki kriptoalgoritmlar to‘plamidan tanla-
nadi. Alohida ishlatiladigan o‘zgartirish K kalit yordamida tanlanadi. Kriptotizim amalga
oshirishning turli variantlariga egadir: yo‘riqnomalar to‘plami, apparat vositalar, kompy-
uterning dasturlar tupami; ular ochiq matnni Shifrlash va ochiq Shifrmatnni turli usullar
bilan qayta Shifrlash imkonini beradi, ulardan bittasi aniq bir K kalit yordamida tanlanadi.
Qayta Shifrlashni o‘zgartirishga nisbatan Shifrlashni o‘zgartirish simmetrik va nosimmetr-
ik bo‘lishi mumkin Simmetrikli - bitta kalitli, nosimmetrikli - ikkita kalitli (ochiq kalitli) krip-
totizim sinflaridir. Bitta kalitli simmetrik kriptotizimning sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan.
Unda bir xil maxfiy kalitlar Shifrlash blokida va qayta Shifrlash blokida ishlatiladi. Ikkita
kalitli nosimmetrik kriptotizimning umumlashgan sxemasi 3.2- rasmda keltirilgan.
Maxfiy K kalit
Junatuvchi
Shifrlash E
k
(M)
Qayta shifrlash D
k
(S)
Oluvchi
Ushlab oluvchi
29
3.2 - rasm. Ochiq kalitli assimetrik kriptotizimning umumlashgan sxemasi
Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalit jo‘natuvchiga va oluvchiga kalitlar tarqatadi-
gan himoya qilingan kanal bo‘yicha, masalan, kurer bilan, uzatiladi. Nosimmetrik krip-
totizimda himoya qilinmagan kanal bo‘yicha faqat ochiq kalit uzatiladi, maxfiy kalit esa
uni ishlab chiqarilgan joyida saqlanadi.SHifrlash uslubini tanlash, ya’ni kriptografik
algoritm va uni qaysi rejimda ishlatish avvalo uzatilayotgan ma’lumot (axborot) xusu-
siyatlariga bog‘liq bo‘ladi.SHuningdek, ma’lumotni muhofazalamoqchi bo‘lgan tomon
imkoniyatlariga (qo‘llanilayotgan kripto-vositalarning tan narxi va bardoshligiga) ham
bog‘liqdir. Bardoshli kritpografik algoritm va rejimni to‘g‘ri tanlashning o‘zi hali ma’lumot
uzatuvchi tomonga kafolatlangan himoyaga ega ma’lumot yuborilishiga to‘liq imkoniyat
yaratmaydi. Bu erda kriptografik algoritm va rejimni tanlashni to‘g‘ri qo‘llay bilish ham
muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki eng bardoshli deb hisoblangan kriptografik
algoritmlar ham noto‘g‘ri foydalanish oqibatida o‘zining bardoshlilik darajasini tushiradi.
Bunday holatlarning yuz berishi esa riptoanalitik uchun juda muhim qurol sifatida qo‘l
kelishi mumkin. Turli Shifrlar uchun deshifrlash masalalari turlicha murakkabliklarga ega
bo‘ladi. Ushbu masala murakablik darajasi aynan shu Shifrning asosiy xossasini aniqlay-
di. Shuning uchun biror Shifr kriptografik bardoshligi haqida fikr yuritilganda etarli dara-
jada va kichik bardoshlikga ega bo‘lgan turlarga ajratib qaraladi.
Ochiq kalit
Yopiq kalit
Junatuvchi
Oluvchi
Shifirlash E
k
(M)
Qayta shifirlash
D
k
(S)
Ushlab oluvchi
K
1
K2