SHifrlash
jarayoni boshlang‘ich axborot ustida orqaga qaytadigan matematik, man-
tiqiy va boshqa o‘zgartirishlarni o‘tkazishdir, buning natijasida Shifrlangan axborot har-
flarning, raqamlarning, boshqa belgilarning tartibsiz to‘plami ko‘rinishiga egadir. Axborot-
ni Shifrlash uchun o‘zgartirish algoritmi va kalit ishlatiladi. Odatda, ma’lum bir Shifrlash
algoritmi uchun o‘zgartirish algoritmi o‘zgarmas hisoblanadi. SHifrlash algoritmi uchun
boshlang‘ich qiymatlar bo‘lib Shifrlash uchun axborot va Shifrlash kaliti xizmat qiladi. Ka-
lit boshqaruvchi axborotni o‘z ichiga oladi, u Shifrlash algoritmini amalga oshirishda ish-
latiladigan operandlar kattaliklarini va algoritmning ma’lum qadamlarida o‘zgartirishlarni
tanlashni aniqlaydi.
Stenografiya usullari nafaqatgina saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ma’nos-
ini berkitib qolmasdan, balki yopiq axborotni saqlash yoki uzatish omilini ham yashirish
imkonini beradi. Stenografiyani usullarini barchasini asosida yopiq axborotni ochiq fayllar
ichida niqoblash yotadi (masalan, MS DOS OT da EOF (ctrl Q Z) uning belgisi matnli faylni
oxirida joylashadi. OT ning standart qurilmalari EOF belgisiga etib
kelganda o‘qishni to‘xtatadilar va yopiq faylga murojaat qilib bo‘lmaydi).
Stenografiya vositalari yordamida matn, tasvir, nutq, raqamli imzo,
Shifrlangan xabar niqoblanishi mumkin. Stenografiyani va Shifrlashni
kompleks ishlatish maxfiy axborotni payqash va ochish masalasini echishni
murakkabligini ko‘p marotaba oshiradi. KT larida stenografiyani amaliy ishlatish endigina
boshlanmoqda, lekin o‘tkazilgan tadqiqotlar uning istiqbolligini ko‘rsatmoqda. KT larida
multimediya fayllarini qayta ishlash stenografiya oldida deyarli cheklanmagan imkoni-
yatlarni ochib beradi.
Axborotni
kodlash
jarayonini mazmunini boshlang‘ich axborotni
(gaplar, so‘zlar) ma’noviy tuzilishlarini kodlar bilan almashtirish hisoblanadi.
Kodlar sifatida harflarning, raqamlarning, raqamlar va harflarning birlashmalari ish-
latishi mumkin. Kodlashda va teskari o‘zgartirishda maxsus jadvallar yoki lug‘atlar ish-
latiladi. Kamchiligi - kodlaydigan jadvallarni saqlashni va tarqatishni zarurligidir, ularni,
27
ushlab olingan xabarlarning qayta ishlashning statistik usullari bilan kodlarni ochishdan
saqlanish uchun, tez-tez almashtirish kerakdir. Kodlash usulini ma’noviy tuzilishlari chek-
langan to‘plamli tizimlarda (masalan, ABT ning buyruqli liniyalarida) qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |