MUNDARIJA
Kirish...................................................................................................................................3
Bevosita o‘rin almashtirish usuli....................................................................................... 4
Axborot xavfsizligi modellari .............................................................................................8
Kampyuter viruslari va virusdan himoyalash.................................................................. 13
A
xborotni huquqiy muhofaza qilish................................................................................
18
A
xborot xavfsizligining siyosati .......................................................................................
22
Axborotni xavfsizligida kriptografik himoya qilish usullari ..............................................
26
Axborotni xavfsizligi ni ta’minlashning asosiy yo‘llari ......................................................30
E
lektron raqamli imzo......................................................................................................
33
Axborot kommunikasion tizimlarda suqilib kirishlarni aniqlash.......................................35
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikasiyalash .........................38
Parollar va sertifikatlar asosida autentifikasiya qilish.......................................................41
Axborotni ximoyalash metodologiyasi ............................................................................46
Elektron pochtada axborotlarga nisbatan mavjud xavf-xatarlar va ulardan himoyalanish
asoslari ............................................................................................................................48
Elektron tijorat tizimlari va ularning axamiyati ................................................................51
Eliktiron to‘lovlar tizimida axborotlarni himoyalash........................................................ 56
Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari ...............................................................61
Himoyalashni taxlilash ....................................................................................................64
Axborot butinligining buzilish sabablari va ularning butunligini ta’minlash.. ....................69
Simsiz aloqa tizimlarida axborot ximoyasi ......................................................................71
3
KIRISH
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shun-
ingdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi
bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda.
Axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda ta’lim oluvchilar tomonidan yangi
bilimlarni tezda o‘zlashtirib olishlari uchun o‘quv adabiyotlarining turli shakllaridan foy-
dalanishlari talab etiladi. Axborot texnologiyalari asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlarni
mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtir-
ish, yangi bilimlarni turli o‘quv manbalardan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni talab
etadi.
Elektron ta’lim resursi - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lib, u muayyan
kasbiy faoliyat bo‘yicha axborot, bilim berish va o‘zlashtiril-gan bilimlarni nazorat qilishni
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o‘zga-
ruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha elektron
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish jarayonida yaxshi samara beradi. Olib borilayotgan
ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, integrativ (an’anaviy – masofa-
viy) texnologiyalar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish natijasida o‘quvchilarning
mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
O‘quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha te-
gishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari
va didaktikasi yoritilgan manba bo‘lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) va
elektron o‘quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari - ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsat-
kichlarni hisobga olgan qog‘ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o‘quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumo-
tlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va
nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi tur-
lari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, ma’ru-
zalar kursi, ma’ruzalar to‘plami, metodik ko‘rsatma, metodik qo‘llanma, sharh, dayjest,
elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Ta’lim tizimini yangi zamonaviy darajadagi bosqichiga o‘tishni faqatgina kompyuter
paketlar (ya’ni, elektron axborot ta’lim resurslar, qo‘llanmalar, trenajerlar, virtual stend-
lar va o‘quv test muxarrir) ni yaratgan holdagina amalga oshirish mumkin. Ular o‘quv
yurti maxsus auditoriyasi uchun kompyuter sifatidagi amaliy mashg‘ulotlarda yoki tala-
balar mustaqil ishlashi uchun jixozlashgan yotoqxonalarda, shuningdek, uylardagi shaxsiy
kompyuterda yagona kompyuterlashgan muhitni yaratadi. Keltirilgan elektron maxsulot-
lar, dasrliklar va qo‘llanmalarning rasmiy ta’rifiga asosan, elektron axborot ta’lim resurs-
lar tushunchasini kengaytirish va aniqlashtirish zarur.