85
Muhandislik
va kompyuter grafikasi
VI BOB YIG‘ISH CHIZMALARI
YIG’ISH CHIZMALARINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA QOIDALARI
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har qanday narsa yoki narsalar to‘plami umumiy
nom bilan
buyum
deb ataladi.
Buyumlar detallar, yig‘ish
birliklari, kompleks va komplektlarga bo‘linadi.
Detal
- bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig‘ish jarayonlari qo‘llanilma-
gan) yasalgan bo‘ladi.
Yig‘ish birligi
- tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o‘zaro yig‘ish jarayonlari
bilan biriktiriladigan buyumlar.
Kompleks
- tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtiril- magan, ammo
bir-biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko‘zda tu- tilgan ikki va undan ortiq
buyum.
Komplekt
- tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtiril- magan, biroq
umumiy yordamchi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyum to‘plami. Masalan,
ehtiyot qismlar to‘plami
Buyumlarning tarkibi va tuzilishi konstruktorlik hujjatlari bilan aniqla- nadi.
Standart detallar va o‘zaro almashuvchanlik.
Texnikaning barcha soha- larida qo‘llanil-
adigan bir xildagi detallar ko‘plab uchraydi. Ularga turli boltlar, shpilkalar, vintlar,
gaykalar,
shaybalar, shponkalar, shtiftlar,
prujinalar, parchin mixlar, burama mix (shurup)lar, turli
vallar, o‘qlar, relslar,
prokatlar, qistirma kabilar kiradi.
Bunday detallar ishlab chiqarishning turli sohalarida qo‘llanilgani uchun ular stand-
artlashtirilgan. Har bir buyum uchun standart joriy qilingan. Masa- lan, boltni olsak, tat
-
biq qilinadigan joydagi teshikning diametri va detallarning qalinligi ma’lum bo‘lsa yetarli.
Standart asosida joriy qilingan jadval bo‘yicha kerakli diametr va uzunlikdagi tayyor boltni
jamg‘armadan olib ishlatiladi.
Standartlashtirilgan kundalik hayotimizdagi bir turdagi buyumlarning detallarini bir-bi
-
ri bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan, bir xil mar- kadagi avtomobillarning detal
-
lari bir-biriga to‘g‘ri keladi va buzilganini darhol almashtirishga imkon bo‘ladi.
Hozirgi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayoni kuchaygan davrda har bir detal
va buyumlarni aniq standart talabiga ko‘ra bir-biri bilan almashtirish- ni joriy etish talab
qilinadi. Shuning uchun mahsulotni ishlab chiqarish jara¬yoni o‘ta aniqlikni talab qiladi.
Shundagina buyumlarni o‘zaro almashtirishda qiyinchilik tug‘ilmaydi.
Konstruktorlik
hujjatlarining turlari
Konstruktorlik hujjatlariga standartga muvofiq, grafik va matnli hujjatlar kiradi. Bu
hujjatlar ayrim yoki yig‘ilgan holda buyumning tarkibi va tuzilishi yoki tayyorlash,
nazorat
qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun ke¬rakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
86
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Do'stlaringiz bilan baham: