53
Biologiya 10
ya hujayrasi xaltachasimon ko’rinishda bo’lgan murein moddasi bilan qoplagan. Hujayra
devori tarkibida juda ko’plab murein xaltachalar bo’lib, ustma –
ust joylashgan qattiq
tayanch sinchni tashkil etib, bakteriya hujayrasiga doimiy shakl berib turadi.
Ayrim bakteriyalarning hujayra devori sirtida maxsus vorsinkalar ingichka oqsil
o’simtalar bo’lib, bu vorsinkalarning vazifasi bakteriyalarni boshqa organizmlarning hu-
jayrasiga biriktirish va bir bakteriyadan boshqa bakteriyaga DNKni o’tkazish vazifalarini
bajaradi.
Ayrim bakteriyalarning hujayrasida xivchinlar bo’ladi (bitta yoki bir nechta), bu
xivchinlar bakteriya hujayrasidan bir necha marta uzun bo’ladi.
Prokariotlarda shakllangan yadro bo’lmaydi. Ularning irsiy
axborot saqlovchi tuzil-
masi sitoplazmada joylashgan halqasimon DNK bo’lib, shartli ravishda bakteriya xromo-
somasi deb ataladi. (rasm 51).
Shuningdek, bakteriya sitoplazmasida uncha katta bo’lmagan DNK molekulalari
bo’lib, ular avtonom holatda ko’payish xususiyatiga ega va hujayra bo’linganda yangi hu-
jayralarga o’tadi va plazmidlar deb ataladi.
Bakteriya hujayrasida eukariotlarda bo’ladigan membranali organoidlar – mi-
toxondriya, plastida, endoplazmatik to’r, Golji majmuasi, lizosoma kabilarga ega emas.
Prokariotlarda bu organoidlar vazifasini sitoplazmatik membrana yoki
uning hosilalari
bajaradi.
Prokariotlarning sitoplazmatik membranasi ichki tomonida bo’rtmalar-mezosoma-
lar hosil qiladi. (rasm 51)
Mezosomalar hujayra bo’linayotgan vaqtda ko’ndalang to’siqlarni hosil qilishda
ishtirok etadi,DNKning birikish joyi ham hisoblanadi. Shuningdek prokariot hujayralar-
da hujayra markazi va sitoskelet ham bo’lmaydi, sitoplazmada juda ko’p ribosomalar
joylashadi.Tuproq va suv muhitida hayot kechiradigan bakteriyalar
tarkibida gazli va-
kuolalar ham bo’ladi. Bu gazli vakuolalarning hajmini o’zagarishi orqali juda kam energi-
ya sarf qilib bakteriyalar (yuqoriga va pastga) joyini o’zgartirishi mumkin.
Sianobakteriyalar hujayrasida xromotoforlar bo’ladi,ularda fotosintez xususiyatiga
ega pigmentlar joylashgan
.
Bakteriyalar aerob va anaerob bakteriyalarga ham ajratiladi.Aerob
bakteriyalar kis-
lorodli muhitda, anaerob bakteriyalar esa kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan.
Ayrim bakteriyalar atmosfera havosidagi azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega, bun-
54
Biologiya 10
day bakteriyalarni azoto�iksatsiyalovchi bakteriyalar deyiladi.
Bakteriyalar faoliyatiga ko’ra chirituvchi, achituvchi, kasallik tarqatuvchi va tugunak
bakteriyalarga ajratiladi. Bakteriyalar tabiatda moddalarning davriy aylanishida muhim
rol o’ynaydi. Kasallik tarqatuvchi bakteriyalar
odamda sil, xolera,bo’g’ma kabi kasal-
liklarning keltirib chiqaradi
.
Noqulay sharoit vujudga kelganda bakteriyalar spora hosil qiladi.Spora hosil qilish ja-
rayonida bakteriya hujayralari bir necha qavatli qobiq hosil qiladi.Sporalar past
va yuqori
haroratlarga va boshqa noqulay omillarga o’ta chidamli bo’ladi.Spora bir necha o’n yillar
davomida ham o’z yashovchanligini saqlab qoladi.
Prokariotlarning ko’pchiligi bir hujayrali hisoblanadi, lekin koloniya hosil qiluvchi va
ko’p hujayrali vakillari ham uchraydi.(Misol uchun ayrim sianobakteriyalar).
Demak, prokariotlarda yadro shakllanmagan, asosiy
organoidlar mitoxondriya, endo-
plazmatik to’r kabilar bo’lmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: