184
Biologiya 10
ga duch keladi. Populyatsiyadagi irsiy o’zgarishlar, yashash uchun kurash va tabiiy
tanlanishi tufayli vaqt o’tishi bilan populyatsiyaning gen tarkibi o’zgaradi.
Bu jarayon
yangi tur hosil bolishiga olib keladi (-rasm). Masalan, Yevropaning o’rta mintaqasida
ayiqtovon o’simligining 20 turi o’sadi. Bu turlarning barchasi geogra�ik alohidalanish
tufayli bir turdan kelib chiqqan. Shuningdek, qirg‘ovulning xiva, yettisoy, murg’ob,
kavkaz, manjuriya, yapon kenja turlarining kelib chiqishini ham geogra�ik alohidalanish
orqali tushuntirish mumkin. Sirdaryo, Amudaryoda yashovchi soxta kurakburun baliq
turi ham geografik alohidalanish natijasi hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga
kiradi. Unga yaqin bo‘lgan baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida
yashaydi. Allopatrik yo‘nalishdagi yangi turlarning paydo bo‘lish jarayoni zamirida
biologik alohidalanish yotadi.
-rasm.
Allopatrik yoki geografik tur paydo bo‘lishi
2. Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi.
Bu yo’nalishda tur hosil bo’lishi
ajdod
tur areali doirasida alohidalanish sodir bo‘lishi bilan ro’y beradi. Alohidalashgan
populatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan
individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi,
yoxud
jinsiy jihatdan farq qilishi bilan ajralib turadi. Shunday yo’nalishda alohidalashgan
populatsiyalardan keyinchalik mutatsion o‘zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish tufayli yangi
turlar paydo bo‘ladi. Filippinda 10 ming yil oldin paydo bo‘lgan Lanao ko‘lida yagona
bitta ajdod baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan 18 ta baliq turi,
yonsuzar qisqichbaqa
turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi tur paydo bo‘lgani ma’lum. Shu singari
simpatrik yo‘nalishdagi yangi turlarning paydo bo‘lishi ekologik alohidalanish natijasi
ekanligidan dalolat beradi (-rasm).
-rasm.
Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi
Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi turlarning
hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi
hollarda
hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida xromosomalarning
tarqalishi buziladi. Xromosoma sonining ortishi yoki kamayishi yangi turlarning kelib
chiqishiga asos bo‘ ladi. Murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6,
185
Biologiya 10
7 xromosomali, iloq avlodida 12 dan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi.
Hujayraning bo‘linish duki (urchuqi)da sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xromosomalarni
hujayraning ikki qutbga tarqalmay qolishiga va poliploid turlarning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali, tamaki
avlodiga 24, 48, 72, bug‘doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi aniqlangan.
Polipoid turlar xromosomasi diploid to‘plamga ega turlarga nisbatan muhitning noqulay
sharoitlariga ko‘proq moslashuvchan bo‘ladi.
Ba’zi bir o‘simlik turlari duragaylash yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Masalan, olxo‘ri
olcha bilan tog‘olchaning chatishishidan so‘ng xromosomalar
sonining ikki hissa ortishi
natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid to‘plami 16, tog‘olchada
esa 8, demak, ularda hosil bo‘lgan duragayda xromosomaning gaploid to‘plami 24 ga
teng. Olimlarning fikricha, xromosomaning gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum
turini boshqa 13 xromosomali turi bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma
to‘plamining ikki hissa ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum,
barbadenze g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi.
-rasm. G’o’zaning tеtraploid
(A) va diploid (B) turlari: G.hirsutum L. va
G.herbasеum L. 1 – guli, 2 – gultojibargi, 3 – gulqo’rg’oni, 4 – bargi, 5 –
ochilmagan ko’sagi, 6 – ochilgan ko’sak.
Do'stlaringiz bilan baham: